Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006 18.10.2003 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “ISHLAB CHIQARILGAN VA SOTILADIGAN PAXTA TOLASI UCHUN HISOB-KITOB QILISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 2003-YIL 3-IYUNDAGI 240-SON QARORIGA QISMAN O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasi narxlarini qayta hisoblab chiqishning amaldagi tartibini Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari ko‘rsatmasiga asoslangan xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2003-yil hosilidan boshlab Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari ko‘rsatmasiga binoan tola uzunligi 1,3/32 dyuym (kod 35) bo‘lgan 5-tip paxta tolasi bazaviy narxidan tolaning boshqa tiplariga o‘tishda ilovaga muvofiq chegirma va nakidkalarni joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Liverpul paxta uyushmasining qiymat farqlari ko‘rsatmalari raqamlari hamda Cotton Outlook tomonidan e’lon qilinadigan kotirovka ko‘rsatkichlari ±5 foizdan ortiq miqdorga o‘zgargan taqdirda paxta tolasining tiplar bo‘yicha narxlarini qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining Moliya vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan takliflari asosida Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksi va Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbarlari tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 18-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
450-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 396-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 20-son, 190-modda; 2004-y., 34-35-son, 396-modda)