07.08.2003 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻMIR TANNARXINI PASAYTIRISH VA KOʻMIR SANOATINI YANADA RIVOJLANTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻmir tarmogʻi korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha belgilangan parametrlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, ularni zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qazib olinayotgan koʻmir tannarxini pasaytirish hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda uning yoqilgʻi tarkibidagi salmogʻini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (E.Shoismatov) va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi (A.Klimenko) rahbariyatiga koʻmir qazib olish korxonalarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash loyihalarini amalga oshirishning belgilangan muddatlariga rioya etilmaganligi, koʻmir tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish va koʻmir tarmogʻining moliyaviy ahvolini mustahkamlash boʻyicha taʼsirchan iqtisodiy chora-tadbirlar koʻrilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalarida koʻmir qazib olish tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi rahbarlariga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻmir tannarxining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi oʻzgarishi ustidan qatʼiy monitoring oʻrnatsinlar, 1 tonna koʻmir qazib olish uchun moddalar boʻyicha cheklangan xarajatlarni tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tuzilmasini takomillashtirish va 2002—2010-yillarda respublika koʻmir sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 196-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashning yiliga 4,5 mln kub.metr kon ochadigan birinchi bosqichi obyektlari qurilishi boʻyicha ishlar tugallanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” koni obyektlarini texnika bilan qayta jihozlash uchun “Kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida importning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotish bozorini kengaytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish uchun 2003-yil iyul oyida “Boysunkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatida qadoqlangan koʻmir briketlari ishlab chiqarish oʻzlashtirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan 2003-yil oktabr oyidan boshlab “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashning ikkinchi bosqichini amalga oshirish boshlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining Koʻmir tarmogʻini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir sanoati korxonalarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qoladigan foydasining bir qismi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar va 2010-yilgacha boʻlgan davrda “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi aksiyalarini sotishdan tushumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil sentabr oyidan boshlab elektr energiyasi isteʼmolchilari uchun imtiyozli tariflarni bekor qilish natijasida “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oladigan qoʻshimcha sof daromadining 40 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashda, “Apartak” uchastkasini rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda, koʻmir sanoatini zamonaviylashtirish uchun jalb qilinadigan xorijiy kreditlarni qoplashda foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qoʻshimcha sof daromadining Jamgʻarma orqali koʻmir sanoatini texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga yoʻnaltiriladigan bir qismi koʻmir qazib oluvchi korxonalarning daromad (foyda) soligʻining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yildan boshlab Angren koʻmir koni obyektlarini texnika bilan qayta jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining markazlashtirilgan mablagʻlar, Jamgʻarma mablagʻlari va tarmoqning oʻz resurslari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlari aniq roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalari va tashkilotlariga olinadigan elektr energiyasi uchun energiya tizimining xoʻjalik ehtiyojlari uchun belgilanadigan X tarif guruhi tariflari boʻyicha haq toʻlash tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 7-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
345-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
7-avgustdagi 345-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalarida koʻmir qazib chiqarish tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Chora-tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎

Kutilayotgan samara (yiliga mln soʻm) ‎

Masʼullar‎

1.‎

Tashkiliy tadbirlar‎

1610‎

1.1.‎

“Apartak” OAJ, “Koʻmirenergo” OAJ, “Kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” OAJ, “Belazkoʻmir” OAJ, “Koʻmir qurilish” OAJ, “Aloqakoʻmir” OAJni “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining tarkibiy boʻlinmalariga aylantirib va ortiqcha boshqaruv xodimlarini keskin qisqartirgan holda koʻmir tarmogʻining boshqarish tuzilmasini takomillashtirish‎ 2003-yil oktabr‎ 1050‎ Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Koʻmir” AB ‎
1.2.‎ Yordamchi korxonalar (“Textaʼminot” OAJ, “Avtokoʻmir” OAJ, “Informugol” OAJ, “Gornyak” OAJ, “Loyiha qidiruv” MCHJ, “Texesko” MCHJ, “Angrenkoʻmirtaʼminot” MCHJ, “Gornyak” sanatoriy-profilaktoriysi)ni tegishli xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tanlov asosida shartnomalar tuzishga oʻtgan holda “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi tarkibidan chiqarish ‎ 2003-yil oktabr‎ 560‎ Maʼmuriy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash Respublika komissiyasi, Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika kompleksi, Iqtisodiyot vazirligi,Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Koʻmir” AB ‎
2.‎ Moliyaviy nazoratni kuchaytirish‎ 1590‎
2.1.‎ 1 tonna koʻmir hisobiga xarajatlarning asosiy moddalari boʻyicha xarajatlarning cheklangan summalarini tasdiqlash hamda xarajatlarning asossiz oʻsishi aniqlangan moddalar boʻyicha limitlarni kamaytirish‎ har chorakda‎ 1590‎ Moliya vazirligi, “Oʻzbekenergo” DAK, “Koʻmir” AB ‎
3.‎ Koʻmir qazib chiqarish va kon ochish ishlari texnologiyasini takomillashtirish‎ 2530‎
3.1.‎ Transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida konning Shimoliy uchastkasida kon jinslarini ichki qatlamlarga toʻkish‎ 2003-2004-yillar‎ 1680‎ “Koʻmir” AB‎
‎3.2. ‎“Angren” koni oʻngirlaridan koʻmirni foydalanib kelingan avtomobil transportida tashish oʻrniga lentali konveyer liniyalarida tashishni amalga oshirish ‎2003-yil IV chorak ‎70 “Koʻmir” AB‎
3.3. ‎‎“1 bis” yuklash punktida koʻmirni temir yoʻl transportida tashishga barham berish maqsadida “Angren” konida ikkinchi yuklash punktini qurish va foydalanishga topshirish ‎2003-yil IV chorak ‎270 “Koʻmir” AB‎
‎3.4. ‎“Angren” konidan birlashtirish yoʻllari boʻlgan “Apartak” yuklash temir yoʻl stansiyasini qurish va foydalanishga topshirish ‎2006-yildan boshlab ‎105 “Koʻmir” AB‎
‎3.5. ‎Kuzatib borish yoʻli bilan koʻchkilar hajmini kamaytirish va tegishli uchastkalarda koʻchkilarga qarshi chora-tadbirlarni bajarish ‎doimo ‎405 “Koʻmir” AB‎
4.‎

Import oʻrnini toʻldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish

‎125
4.1.‎ “Boysunkoʻmir” OAJ, “Kon-texnika asbob-uskunalarini taʼmirlash zavodi” OAJ va “Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasining boshqa korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (koʻmir briketlari, konveyer seksiyalari, ehtiyot qismlar) turini koʻpaytirish‎ 2003-2010-yillar‎ 125‎ “Koʻmir” AB‎‎
5.‎ Energiyani tejash boʻyicha chora-tadbirlar‎ 1330‎
5.1.‎ “Angren” konini texnik qayta jihozlash I bosqichining tugallanishi munosabati bilan kon ochishga elektr energiyasi sarfini kamaytirish‎ 2004-yil‎ 700‎ “Oʻzbekenergo” DAK, “Koʻmir” AB
5.2.‎ Uskunalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda manbalardan himoya qilish boʻyicha taqsimlovchi qurilmani ishga tushirish‎ 2004-yil II chorak‎ 630‎ “Oʻzbekenergo” DAK, “Koʻmir” AB ‎
JAMI:‎ 7185‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 125-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)