Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019 01.08.2003 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMGʻARMASINING MINTAQAVIY FILIALLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyati samaradorligini oshirish, uning mintaqaviy filiallariga yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2003-yil 1-iyuldan boshlab shaharlar va tumanlar hokimliklaridagi bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassis lavozimi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining 2003-yil 1-iyuldan boshlab Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallari shtatlariga vakil lavozimini (har bir tuman, viloyatga boʻysunuvchi shahar, Toshkent shahridagi tuman uchun bir nafardan) kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan kiritilayotgan shtat birliklarini mablagʻ bilan taʼminlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yilda — shaharlar va tumanlar hokimliklari budjetida bolalar sportining sport bazasi shakllantirilishi va rivojlantirilishi uchun javob beradigan yetakchi mutaxassis lavozimini mablagʻ bilan taʼminlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga, ularni Jamgʻarmaning mintaqaviy filiallariga berish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yildan boshlab — Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari Jamgʻarma mintaqaviy filiallarining mazkur hududga biriktirilgan vakillarini bepul asosda xizmat xonalari, kommunal, foydalanish xizmatlari bilan, shuningdek asosiy faoliyatni yuritish uchun aloqa xizmatlari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari smetasiga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 123-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)