14.06.2003 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XORIJIY KREDITLAR OʻZ VAQTIDA QAYTARILISHINI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jalb etilgan xorijiy kreditlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini taʼminlash, korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida berilgan xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻz majburiyatlarining bajarilishi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklariga qarz oluvchi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlar boʻyicha qarzlarini oʻz vaqtida qaytarmagan hollarda pul mablagʻlarini qarz oluvchining hisob raqamidan akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish va ularni kreditlar boʻyicha qarzlarni qaytarishga yoʻnaltirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, qarz oluvchi korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida berilgan muddati oʻtkazib yuborilgan xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarishda toʻlanayotgan summaning kamida 90 foizi majburiy tartibda asosiy qarzni qaytarishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukumat kafolati ostida ilgari jalb qilingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan yoki muddati kechiktirilgan toʻlovlari boʻlgan korxonalar boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tartib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida olingan xorijiy valyutadagi kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatishga doir qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar, vakolatli banklar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Hukumat kafolatini berishga oid talablarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, belgilab qoʻyilsinki, 2003-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati faqat xorijiy kreditorlarga xorijiy davlatlar, banklar yoki yuridik shaxslar bilan tashqi qarz shartnomalari boʻyicha beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati istisno hollarda Hukumat kafolati ostida olingan xorijiy kreditlarni qayta moliyalashtirish yoki qaytarish manbai sifatida davlat budjeti mablagʻlari belgilangan ustuvor strategik va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirishni taʼminlash uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 89-modda)