16.01.2002 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida xalqaro vestminster universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada jahon taʼlim standartlari talablariga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, qobiliyatli yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ulardan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, rivojlangan mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash “Umid” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Britaniya Kengashi va Vestminster universitetining (Buyuk Britaniya) Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan umumiy eʼtirof etilgan xalqaro talablarga, Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadlari va vazifalariga muvofiq “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Axborot texnologiyalari” va “Huquq” yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura tizimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlash Xalqaro Vestminster universitetining asosiy vazifasi hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Xalqaro Vestminster universiteti “Umid” jamgʻarmasi va Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan taʼsis etiladigan oliy oʻquv yurti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro Vestminster universitetini tashkil etish boʻyicha tashkiliy komissiya tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Umid” jamgʻarmasi Vestminster universiteti bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Xalqaro Vestminster universiteti toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitet faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlik Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitetning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish, mukammal tuzatish, moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazani jihozlash toʻlov-kontrakt asosida talabalar oʻqitilganligi uchun tushadigan mablagʻlar, chet el va milliy homiylarning mablagʻlari, “Umid” jamgʻarmasi va xalqaro tashkilotlarning grantlari, xorijiy investitsiyalar, davlat budjeti (yetishmagan qismi) hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitetda oʻqitish “Umid” jamgʻarmasi grantlari va toʻlov-kontrakt asosida kunduzgi oʻqish shakli boʻyicha, Vestminster universitetida qabul qilingan taʼlim standartlariga, bakalavriat va magistratura oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitetga abituriyentlarni qabul qilish Xalqaro Vestminster universiteti toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universitet bitiruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish Vestminster universitetida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadigan Vestminster universitetini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro Vestminster universiteti Toshkent shahar, Oxunboboyev koʻchasi, 12-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent aviatsiya kollejining binosini barcha oʻquv va xoʻjalik imoratlari bilan birgalikda Toshkent aviatsiya instituti balansidan “Umid” jamgʻarmasi balansiga tekin bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent aviatsiya instituti sport kompleksi negizida Xalqaro Vestminster universiteti talabalarining jismoniy tarbiya va sport bilan toʻlovsiz shugʻullanishi uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent aviatsiya kollejini Toshkent aviasozlik kasb-hunar kolleji bilan birlashtirsin va Toshkent shahar, Parkent koʻchasi, 331-uyga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat aviatsiya institutining fuqaro aviatsiyasi fakulteti Toshkent shahar, Shahrisabz koʻchasi, 42-uydagi binoga joylashtirilishini taʼminlasin, ushbu maqsadlar uchun bino va inshootlarni “Oʻzpoʻlatqurilishkonstruksiya” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan institut balansiga tekin bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyofarm” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda Toshkent shahar, Yangi zamon koʻchasi, 1a-uyda joylashgan yotoqxona binosini “Oʻzkimyofarm” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansidan Xalqaro Vestminster universiteti balansiga yotoqxona tashkil etish uchun tekin bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda Toshkent shahar, Parkent koʻchasi, 331-uyda joylashgan yotoqxona binosini atrofdagi xoʻjalik bloki bilan birgalikda “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati balansidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi balansiga tekin bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Umid” jamgʻarmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Vestminster universiteti bilan kelishgan holda 2002-yil 1-fevralgacha Xalqaro Vestminster universitetining tashkiliy tuzilmasini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro Vestminster universitetini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilgan va mukammal taʼmirlagan, zarur oʻquv-laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondi bilan jihozlagan holda Xalqaro Vestminster universiteti kompleksi 2002-yil 1-sentabrgacha ishga tushirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning oliy taʼlim va ilmiy muassasalari yuqori malakali mutaxassislari va oʻqituvchilarini tanlov asosida tanlab olsin va ularning tajriba orttirishini tashkil etsin, keyinchalik ularni Xalqaro Vestminster universiteti ishiga jalb etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid” jamgʻarmasi bilan birgalikda Xalqaro Vestminster universitetini 2002/2003 oʻquv yili boshlangungacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻlgan zarur oʻquv-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xalqaro Vestminster universitetiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Universitet 5 yil muddatga soliqlarning barcha turlaridan va bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari), shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, moddiy-texnika resurslari va inventarlar keltirishda istisno tariqasida ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro Vestminster universitetining buyurtmanomalariga binoan, taʼlim jarayonida qatnashuvchi xorijiy oʻqituvchilarga kelish vizalarini konsullik yigʻimlari undirmasdan berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro Vestminster universiteti buyurtmanomalariga binoan taʼlim jarayonida qatnashuvchi xorijiy oʻqituvchilar uchun koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini davlat boji toʻlovisiz taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xalqaro Vestminster universitetiga oʻqitish va ilmiy ishlar uchun taklif etilgan xorijiy professorlar va oʻqituvchilarning yashashi va transport xarajatlari uchun toʻlovni milliy valyutada, Oʻzbekiston fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Xalqaro Vestminster universitetini belgilangan tartibda zarur telefon va telekommunikatsiya aloqasi turlari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 17-modda; 2008-y., 33-son, 319-modda, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)