Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018 02.05.2003 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018
Hujjat 02.05.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYaLARNI HUQUQIY HIMOYa QILIShNI KUChAYTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilishni taʼminlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlarni va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni javobgarlikka tortishning asosliligini zarur hujjatlar, shu jumladan jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar materiallari bilan tanishish yoʻli bilan oʻrganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va nazorat organlari, shuningdek mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlariga qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari, qonun buzilishini va unga olib keluvchi shart-sharoitlarning sabablarini bartaraf qilish toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar tomonidan xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi hollari aniqlangan hollarda, shuningdek adliya organlarining qonuniy talablari mansabdor shaxslar tomonidan bajarilmagan taqdirda aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni tegishli organlar oldiga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini buzayotgan nazorat qiluvchi hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining harakati yoki qarorlarini toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy ishlar boʻyicha xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzuvchi sud hujjatlarini davlat boji toʻlamasdan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida sud instansiyalariga takliflar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlarini tekshirish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlashga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida shtatdagi xodimlar soni 10 nafar boʻlgan (texnik xodimlardan tashqari) Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida esa — ilovaga muvofiq xodimlar soniga ega boʻlgan tegishli boʻlimlar tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va tegishli boʻlimlarning joriy taʼminotini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining tuzilmasini va Boshqarma toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi imtiyozlar va kafolatlar roʻyxatini, ularni qoʻllash boʻyicha sharhlar bilan birgalikda, ikki oy muddatda tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy investorlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan toʻplamini Internet tarmogʻiga joylashtirish uchun xorijiy tillarda uch oy muddatda tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mintaqaviy boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar jalb etilishiga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining doimiy monitoringini olib borsinlar hamda xorijiy investorlardan tushayotgan murojaatlar va takliflarni batafsil oʻrganib chiqsinlar va toʻgʻridan toʻgʻrixorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etishni yanada yaxshilash yuzasidan aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga yilning har choragida taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, shuningdek vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 2-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
2-maydagi 205-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mintaqalar‎

Shtat birliklari soni‎

Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent,
‎Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahri‎
3‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo,
‎Surxondaryo, Xorazm viloyatlari‎
2‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 72-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda)