Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018 08.01.2002 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOJIKISTON RESPUBLIKASI YuK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI ORQALI O‘TGANLIGI UChUN YIG‘IMLARNI BIRXILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatlar boshliqlarining 2001-yil dekabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan kelishuvga muvofiq, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishi va tranziti uchun yig‘imlar stavkalarini birxillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yil 10-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelganligi va tranziti uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta yuk avtotransport vositasi va avtobusdan — 130 AQSh dollariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tojikiston Respublikasining yuk avtotransport vositasi va avtobuslari O‘zbekiston Respublikasi hududida 3 sutkadan ortiq bo‘lganda har bir kun uchun — 70 AQSh dollari;
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 51-son, 502-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali yuk avtotransport vositasi va avtobusning uchinchi mamlakatlarga (MDH mamlakatlaridan tashqari) tranziti uchun — 90 AQSh dollariga teng miqdordagi summada milliy valyuta “so‘m”da yig‘imlar belgilansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Tojikistonning avtotransport vositalaridan yig‘imlar undirish milliy valyuta “so‘m”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-sentabrdagi 429-son qarorining 2-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-sentabrdagi 431-f-son farmoyishi 2-bandining Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalaridan undiriladigan yig‘imlar stavkalariga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 1-son, 9-modda; 2003-y., 24-son, 241-modda; 2008-y., 51-son, 502-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)