08.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2608
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 08.08.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2608
Kuchga kirish sanasi
18.08.2014
Hujjat 18.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2608]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 20-iyuldagi 93-sonli “Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxslarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish va mahkumni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida oʻtaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar jazo muddatini jazoni ijro etish muassasalarida oʻtaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining buyrugʻiga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun jazo muddatini tergov hibsxonasi yoki turmada oʻtashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni jazo muddatini oʻtash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan boshqa davlatga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini esa, boshqa davlatlardan qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mahkumlar jazo muddatini oʻtash uchun muassasalarga sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimiga asosan joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtash uchun qamoq uylariga tergov hibsxonasi maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar esa, oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi yoki ajrimida nazarda tutilgan tartibdagi jazoni ijro etish koloniyalariga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Manzil koloniyalarda jazo muddatini oʻtashga hukm qilingan mahkumlardan tashqari, quyidagi toifadagi mahkumlar jazo muddatini oʻtash uchun ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasalariga joʻnatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umrbod ozodlikdan mahrum etilganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta xavfli retsidivistlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sobiq xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli yuqumli kasallikka chalinganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash belgilangan mahkumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxs jazoning butun muddatini, odatda, bitta qamoq uyida, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs esa, bitta muassasada oʻtaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahkumlar quyidagi hollarda bir muassasadan boshqa shu turdagi muassasaga koʻchirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mahkumning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadida, uning roziligini olgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahkumning mazkur muassasada qolishiga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasaning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir jinoyat ishi boʻyicha sudlanuvchi, guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlgan mahkumlarni bir-biridan ajratish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasada belgilangan kun tartibini mustahkamlash va jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassasada jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar oʻrtasida yuzaga kelgan nizoni hal etishning boshqa chorasi boʻlmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarning salbiy guruhlari yetakchilari va aʼzolarining muassasada oʻrnatilgan tezkor vaziyat barqarorligiga taʼsirining oldini olish maqsadida;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum yoki qarindoshlarining arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hukm yoki ajrimda nazarda tutilgan jazoni ijro etish tartibini oʻzgartirish haqidagi qaroriga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizomning 9-bandi “a” va “b” kichik bandining ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlardan biri yuz bergan taqdirda, mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumlarni koʻchirish uchun asos boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha JIEBBning tegishli xizmati tomonidan xulosa tuziladi. Mazkur xulosa JIEBB boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mahkumni bir muassasadan boshqa shu turdagi muassasaga koʻchirish JIEBB boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan xulosaga yoxud sud qaroriga asosan JIEBBning Maxsus boʻlimi tayyorlagan naryadga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mahkumlarni ixtisoslashgan davolash muassasasiga oʻtkazish soqchi, zarurat boʻlganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkum kasal boʻlib qolgan taqdirda, uni qamoq uyidan, koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasasiga oʻtkazishga tibbiy xulosa asosida yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mahkumning bir muassasadan boshqasiga koʻchirilganligi toʻgʻrisida jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ixtisoslashgan davolash muassasasida davolash kurslari tugagan hamda davolanishni davom ettirishga muhtoj boʻlmagan mahkumlar tibbiy xulosa asosida ilgari jazo muddatini oʻtagan muassasalariga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davolanishni davom ettirishga muhtoj boʻlgan mahkumlar tibbiy xulosa asosida davolash muassasasi huquqiga ega boʻlgan tegishli muassasalarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Muassasalar tomonidan mahkumlarni koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalarida (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan va davolanish uchun tergov hibsxonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri ixtisoslashgan davolash muassasasiga yuborilgan mahkumlar davolash kursi tugagandan soʻng, mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tegishli muassasalarga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jazo muddatining muayyan qismini turmada oʻtashga hukm qilingan shaxslar mazkur muddat tugaganidan soʻng, sud hukmi yoki ajrimida nazarda tutilgan tartibdagi jazoni ijro etish koloniyasiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq mahkumni jazoni ijro etishning bir tartibli koloniyasidan boshqa tartibli koloniyasiga, turmadan koloniyaga va koloniyadan turmaga oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan, shuningdek mahkumning yoki uning himoyachisining iltimosnomasiga koʻra sudya tomonidan amalga oshiriladi. Bunda mahkum bir muassasadan boshqasiga ushbu bobda belgilangan tartibda koʻchiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 424-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2608-1/0444-son; 02.11.2020-y., 10/20/2608-2/1457-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.08.2026-y., 10/26/2608-3/0875-son)