01.08.2014 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.05.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek avtomobil transporti faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2015-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari talablari idoraviy mansub tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Qoidalar “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil transportida tashish jarayoni qatnashchilarining oʻzaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek yuklarni tashishga, ularning saqlanishiga qoʻyiladigan talablarni va Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashishning boshqa shart-sharoitlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoidalarning amal qilishi fuqarolarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini qoʻllagan holda shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan bajariladigan yuklarni tashishga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida xavfli, yirik gabaritli va ogʻir yuklarni tashish xususiyatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuklarni temir yoʻl, dengiz, daryo, havo transporti va transportning boshqa turlari bilan oʻzaro hamkorlikda avtomobil transportida tashishda yuzaga keladigan munosabatlar va bunday tashishni tashkil etish tartibi tashuvchilar oʻrtasida tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona nazorati ostidagi yuklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasining bojxona qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yuklarni avtomobilda xalqaro tashishlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish shartnomasi — u boʻyicha tashuvchi unga yukni joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni borish punktiga yetkazib berish va uni yukni olishga vakil qilingan shaxsga (yukni oluvchiga) topshirish majburiyatini olgan, yukni joʻnatuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan toʻlovni toʻlash majburiyatini olgan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni joʻnatuvchi — yukning mulkdori nomidan ish koʻruvchi yoki tashish shartnomasi boʻyicha yukning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni oluvchi — yukni olishga vakolat berilgan va yukka doir ilova hujjatlarida koʻrsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni joʻnatuvchidan tashishga qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovardan va taradan iborat boʻladi. Yukning sof ogʻirligi “netto”, taraning ogʻirligi — tara, tara bilan birgalikda tovarning umumiy ogʻirligi “brutto” deb ataladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk oʻrni — avtomobil transportiga yuklashda yoki tushirishda uni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan shatakka olinadigan va oʻz energiya manbaiga ega boʻlmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tirkama aravalar — uzun oʻlchamli yuklarni tashish uchun qoʻllaniladigan tirkamaning bir turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarimtirkama — toʻliq massasining bir qismi oʻtirgʻich qurilmasi orqali oʻtirgich shatakchiga beriladigan tirkamaning bir turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paket — taglikda yoki uningsiz bitta yirik joyga shakllantirilgan va mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuklash, joyni oʻzgartirish va tushirish boʻyicha operatsiyalarni bajarish imkonini beradigan mayda tarali yoki tarasiz donali yuklar turkumi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi, yuklarni tashish boʻyicha tijorat asosida xizmatlar koʻrsatuvchi va bunga litsenziyaga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tagliklar — ayri yuklagichlar va kranlar yordamida ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun moslama, koʻp martalik tara hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl varaqasi — avtotransport vositasining ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez buziladigan yuklar — ularni saqlash uchun tashishda maxsus harorat va sanitariya-gigiyena rejimlariga rioya etish talab qilinadigan yuklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tara — oʻrab-joylashtirishning asosiy elementi, u oʻzida tashishda, saqlashda va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun moʻljallangan buyumni ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konteyner — kamida 1 m3 hajmli, tovarlarni tarasiz, birlamchi oʻramda yoki yengillashtirgan tarada tashish uchun moʻljallangan koʻp martalab foydalaniladigan tara;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrab-joylashtirish — unga solingan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan, ularning zarur anjomi hisoblangan va unda mahsulotlar va tovarlarni saqlash hamda ularning sifat va miqdor jihatidan saqlanishini taʼminlash uchun xizmat qiladigan buyum;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-transport yukxati — transport jarayonining qatnashchilari uchun yagona boʻlgan, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularni yoʻlda hisobga olishga, kirim qilishga, ombor, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yuk tashilganligi uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishning hisobini yuritish uchun moʻljallangan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻl varaqalari va yuklarni avtomobil transportida tashishga tegishli boshqa hujjatlarning (yuklarni tashish masofalarini oʻlchash dalolatnomalarini rasmiylashtirish boʻyicha nizomlar, yoʻriqnomalar, metodik qoʻllanmalar) shakllari namunalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tashishning umumiy shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtomobil transportida yuklarni tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilishi davriga koʻpaytirilishi yoki tomonlarning ikki tomonlama bitimi boʻyicha uzaytirilishi mumkin. Yukni yetkazib berish kechiktirilishi toʻgʻrisida kechikishning sabablari va vaqti koʻrsatilgan holda yoʻl varaqasiga belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuklar tashilganligi uchun, agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tashish shartnomasida belgilangan toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashuvchi, agar qonun hujjatlarida, tashish shartnomasida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, yoki majburiyatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa unga tegishli boʻlgan tashish toʻlovini va tashish boʻyicha boshqa toʻlovlarni taʼminlash uchun tashish uchun unga berilgan yukni ushlab turish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashuvchi, agar tashish shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, tashish shartnomasini bajarish uchun zarur boʻlgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yukni joʻnatuvchiga yukni ortish uchun beradi, yukni joʻnatuvchi esa yukni belgilangan muddatlarda tashuvchiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar mijozni tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda u tegishli dalolatnomani tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yukni joʻnatuvchi tomonidan tashishga yaroqli boʻlmagan holatda taqdim etilgan va uni oʻz vaqtida joʻnatishni taʼminlaydigan muddatda yukni joʻnatuvchi tomonidan zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agar tashuvchi quyidagi holatlar boʻyicha tashishda uning saqlanishini taʼminlay olmasa, tashuvchi yukni tashish uchun qabul qilishni rad etishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk zarur tarzda boʻlmagan tarada yoki oʻramda taqdim etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk bajarish uchun yuklarni tashishga qabul qilingan buyurtmanomaga muvofiq emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukning taqdim etilgan turkumi massasi avtotransport vositasining yuk koʻtarishidan ortiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk tashish yoʻnalishining avtomobil yoʻli boʻylab harakat vaqtincha toʻxtatilishi yoki cheklanishi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday tashish qonun hujjatlarida taqiqlangan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar xususiyatiga ega boʻlgan yuklar tovar-transport yukxatlari bilan rasmiylashtirilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish uchun taqdim etilgan yuklarning har xil tiplari oʻz xossalariga koʻra bir avtotransport vositasida birgalikda tashishga qoʻyilmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk yoʻl harakati xavfsizligiga xavf solsa va Yoʻl harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa yukni tashish uchun qabul qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yukni joʻnatuvchi yuklarni tashishga taqdim etishda narxni eʼlon qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukning eʼlon qilingan qiymati miqdori tashuvchida shubha uygʻotgan taqdirda u oʻz hisobidan shartnoma asosida ekspertlarni jalb etishi va yukning real qiymati toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qiymati eʼlon qilingan yuk tashishga taqdim etilganda yukni joʻnatuvchi uch nusxada yuk oʻrinlari roʻyxatini tuzishga majburdir. Roʻyxatning bir nusxasi yukni joʻnatuvchida, ikkinchi nusxasi — tashuvchida qoladi, uchinchi nusxasi — yukni joʻnatuvchi tomonidan yuk oʻrnining ichkarisiga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yuklarni qabul qilish-topshirishda tovar-transport yukxatida ushbu yuklarning yuk oʻrinlari massasi va soni (imkoniyati boʻlsa sanab) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U boʻyicha tovar-moddiy boyliklarning harakati hisobi yuritilmaydigan yukni tashish erkin shakldagi buyurtma-naryad asosida amalga oshirilishi mumkin. Har xil avtotransport vositalarida tashilishi kerak boʻlgan yuk ortilgan taqdirda foydalaniladigan avtotransport vositalari soniga muvofiq boʻlgan miqdorda buyurtmalar-naryadlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tarali va donali yuklar massasi yukni joʻnatuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilgunga qadar belgilanadi va yuk oʻrinlariga tamgʻa bosishda koʻrsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bir avtotransport vositasida tashiladigan yukning butun turkumining umumiy massasi tarozida tortish orqali yoki yuk oʻrinlarining barcha massasini sanab chiqish yoʻli bilan belgilanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa oʻlchash yoki hajmli massa boʻyicha hisoblab chiqish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) tovar-transport yukxatida yukning massasini va, agar massa toʻgʻridan-toʻgʻri tortish orqali aniqlanmasa, uni aniqlash usullarini koʻrsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yuklar yopiq avtotransport vositasida yoki yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) tomonidan tamgʻalangan alohida seksiyalar, konteynerlar yoki sisternalarda tashilganda, yukning massasi yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Notovar xususiyatga ega boʻlgan yuk massasini aniqlashda yukni joʻnatuvchi tortish yoʻli bilan bir rusumdagi bir necha avtotransport vositalarini nazorat tartibida tarozida tortishi mumkin, shundan keyin yukning umumiy massasini avtotransport vositalari soniga boʻlish yoʻli bilan bir avtotransport vositasidagi yukning oʻrtacha massasini aniqlash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar tashish uchun taqdim etilgan yukning tarasi yoki oʻramini tashqi tomondan koʻzdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yoʻqotilishiga, buzilishiga yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan nuqsonlar aniqlansa, yukni joʻnatuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini taʼminlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yukni joʻnatuvchi tomonidan tashish uchun taqdim etilgan yukning massasi avtotransport vositasining nominal yuk koʻtarishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni joʻnatuvchi va yukni oluvchi tomonidan bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilishda massani aniqlash uchun butun yukni tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish orqali yukning umumiy massasini aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sisterna kuzovli avtotransport vositalarida tashiladigan toʻkiladigan va uyuladigan yuklar, shuningdek quyib tashiladigan oziq-ovqat yuklari massasi avtotransport vositalarini tashish uchun moʻljallangan turgʻun tarozilarda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Toʻkiladigan, uyuladigan va quyuladigan yuklarni tashish oldidan avtotransport vositasining massasi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yuklarni avtomobillar tortiladigan tarozilarda tortish yukning massasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi, tortish mijoz bilan tashuvchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Avtopoyezdlarni tortishda butun avtopoyezdni taroziga oʻrnatish zarur. Agar platformaning oʻlchami butun avtopoyezdni oʻrnatish imkonini bermasa, shatakchi va tirkama alohida tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Katta oʻlchamli va uzun yuklarni tortishda yuklarning quyi uchlari tarozilarning harakatlanmaydigan qismlaridan (staninalar, ustunlar) yoki bogʻlovchi romdan tashqarida turmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Yuklarni tarada, oʻramda yoki mayda turkumlar bilan tashishga tayyorlashda yukni joʻnatuvchi har bir yuk oʻrnini markalashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukka tovar-transport yukxatlaridagi maʼlumotlar markalashga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukning xossalarini koʻrsatish va yuklarni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus qoidalariga rioya qilish zarur boʻlganda yukni joʻnatuvchi maxsus markalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Markalaydigan yorliqlar qogʻoz, karton, mato, metall yoki plastmassadan tayyorlanishi mumkin hamda eng qulay, yaxshi koʻriladigan joylarda taraga ishonchli mahkamlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Bir necha yukni oluvchilar manziliga yetkazib beriladigan sim chiviqlar, quvurlar yoki boshqa katta oʻlchamli buyumlarni tashishda ushbu buyumlarning oxiri moyli boʻyoqda markalanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Uyulgan, toʻkilgan yoki quyilgan holda ortiladigan va tushiriladigan yuklarni tashishda markirovka qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) furgon tipidagi kuzovli avtotransport vositasini, bir yuk oluvchiga yetkazib beriladigan konteynerlarni tamgʻalashga, yashchiklar, qutilar va boshqa taradagi mayda donali tovarlarni esa tamgʻalashga yoki banderol qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklarni banderol qilish oʻramning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni tamgʻalash yoki banderol qilish holati tovar-transport yukxatida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Bir necha manzillar boʻyicha tashiladigan yukning saqlanishini taʼminlash uchun tashuvchi kuzovni alohida tamgʻalanadigan seksiyalarga boʻlish imkonini beradigan toʻsiqlar oʻrnatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) tomonidan tamgʻalangan yuk tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk oʻrinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kuzovni tamgʻalash tamgʻaning yaxlitligini buzmasdan yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, seksiya yoki alohida yuk oʻrnining tamgʻasini olib tashlash imkoni berilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, toʻsish, bogʻlash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib tashlash, bortlarni (sisternalarning qopqoqli tuynuklarini) yopish va ochish, shlanglarni tushirish va chiqarib olish, shlanglarning vintlarini burash yoki orqaga burash, agar tashish shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashuvchi yukni joʻnatuvchi (yukni oluvchi) bilan kelishuv boʻyicha ortish-tushirish ishlarini bajarishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yuklar avtotransport vositasi kuzovida tashish vaqtida yukning oʻrami va avtotransport vositasi saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilishi va mahkamlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yukni joʻnatuvchi (ekspeditor), yukni oluvchi, agar tashish shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur boʻlgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, oʻrnatishi va olib tashlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mijozga tegishli boʻlgan barcha moslamalar tashuvchi tomonidan tushirish punktida yuk bilan birgalikda yukni oluvchiga beriladi yoki tashish shartnomasiga muvofiq ortish punktiga yoki boshqa joyga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashuvchi tomonidan avtotransport vositasida yukni taxlash yoki mahkamlash yoʻl harakati xavfsizligi yoki yuk va/yoki avtotransport vositasi saqlanishini taʼminlash talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda tashuvchi mijozni bundan xabardor qilishi va, agar tashish shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, aniqlangan kamchiliklar mijoz tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni toʻxtatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashuvchining avtotransport vositasi yuklash uchun kelish vaqti ortish punktida tegishli belgi qoʻyilgan yoʻl varaqasi yukni joʻnatuvchiga (ekspeditorga) taqdim etilgan paytdan boshlab, tashuvchining avtotransport vositasi ortish uchun kelgan vaqt esa — tovar transport yukxati va tushirish punktlariga kelganlik toʻgʻrisidagi tegishli belgi qoʻyilgan yoʻl varaqasi yukni oluvchiga taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Agar haydovchi yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) tomonidan rasmiylashtirilgan tovar-transport yukxatini olgan boʻlsa va yuk avtotransport vositasining yuk boʻlinmasida turgan boʻlsa, tashuvchining avtotransport vositasini yuklash tugallangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Yuk yuk boʻlinmasidan toʻliq tushirilganda, yuk boʻlinmasini tozalash boʻyicha barcha zarur ishlar bajarilganda va yuk olinganligi toʻgʻrisida yukni oluvchining belgisi qoʻyilgan tovar-transport yukxatlari haydovchiga topshirilganda avtotransport vositasidan yukni tushirish tugallangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuklar tushirilgandan keyin avtotransport vositalari va konteynerlar ushbu yuklarning qoldiqlaridan tozalanadi, ushbu bandda sanab oʻtilgan ayrim yuklar tashilgandan keyin esa avtotransport vositalari va konteynerlar yuvilishi va zaruriyat boʻlganda — boʻlak-boʻlak va maydalangan alebaster; asbest; barit (ogʻir shpat); mineral momiq paxta; sabzavot sharbati; gaja (gipsli ohakgil); gips; glina; aluminiy oksidi; dolomit; grafit; vannalar uchun mineral loylar; ozuqa xamirturushlari (gidroliz sulfat); kartoshka va lavlagi qoldigʻi; kul; ohaktosh; kaolin; asbest karton; gʻisht; koagulyantlar; omixta yem; apatit konsentrati; nefelin konsentrati; boʻyoqlar va quruq boʻyoqlar; yormalar (isteʼmol oʻrami shikastlanganda); boʻr, merteli; un; rangli metallar qipiqlari; chiqindilar; pegmatit; asfalt, ohaktosh, metallurgiya magneziti, shamot (olovbardosh) kukunlari; chang; sigaretlar (papiroslar) (isteʼmol oʻrami shikastlanganda); tuz; kukunsimon yuvuvchi vositalar; texnik va qurilish shishasi (singan taqdirda); rangli metallar va ularning qotishmalari qirindilari; sulfatlar, xavflilaridan tashqari, tamaki va moxorka xom ashyosi; tamaki (barglardan va ildizlardan hidlanadigan ishlov berilgan); yanchilgan va ildizlardagi talk (talkli tosh); shisha tara (singgan taqdirda); torf va torf mahsulotlari; oʻgʻitlar; quritilgan goʻsht qiymasi (qoplarda); ferroqotishmalar; sement; boʻlak-boʻlak shamot; taxtakunjara; tez buziladigan yuklar; hayvonlar va parrandalar dezinfeksiya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalari va konteynerlarni tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash majburiyati yukni oluvchilarga tegishlidir. Tashuvchi yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalari va konteynerlarni yuvish va dezinfeksiyalash ishlarini bajarishni oʻz zimmasiga olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tovar va notovar xususiyatga ega boʻlgan yuklarni tashish tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yuk ortiladigan avtotransport vositasining tovar-transport yukxatlari va yoʻl varaqalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, matbaa usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tovar-transport yukxati belgilangan tartibda yukni joʻnatuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga alohida toʻrt nusxada tuziladi, ulardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi nusxa yukni joʻnatuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishni (zararni) hisobga olish uchun moʻljallanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi nusxa yukni oluvchiga beriladi va u tomonidan moddiy boyliklar kirim qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi nusxalar tashuvchiga beriladi hamda tashuvchining mijoz bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Koʻp miqdordagi tovar-moddiy boyliklar tashish uchun bir vaqtning oʻzida taqdim etilganda qoʻshimcha varaqani — barcha qoʻshimcha varaqalarda tovar boʻlimida koʻrsatilgan tovar-transport yukxatining bosh varaqasi seriyasi va tartib raqami takrorlangan holda toʻrt nusxada toʻldiriladigan tovar-transport yukxatining davomini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Bir yukni joʻnatuvchidan bir yukni oluvchining manziliga aynan bir xil masofada bir necha marta borishni talab etadigan bir xildagi yuklarni tashish smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan barcha ishga jamlangan holda bitta tovar-transport yukxati bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq borishlarni rasmiylashtirish yukni joʻnatuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida borishga talon berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talon faqat berilgan kun uchun haqiqiydir va uch nusxada toʻldiriladi, ulardan bir nusxasi yukni joʻnatuvchida, ikkinchi nusxasi — haydovchida va uchinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Haydovchi (yoki yukka hamrohlik qiluvchi shaxs) yukni tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yukni yukni oluvchiga massa va oʻrinlar soni boʻyicha topshirish yuk yukni oluvchidan qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, oʻlchash, yuk oʻrinlarini sanab chiqish va shu kabilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Shikastlanmagan konteynerlar, sisternalarda kelgan va yukni joʻnatuvchining shikastlanmagan tamgʻalariga ega boʻlgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk oʻrinlari soni tekshirilmasdan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk yukni oluvchiga shikastlangan tarada, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovida yoki yukni joʻnatuvchining shikastlangan tamgʻalari bilan kelgan taqdirda, tashuvchi tovar-transport yukxatiga muvofiq yuk oʻrinlarining massasini, sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Standart ogʻirlik va mijoz tomonidan har bir yuk oʻrnida koʻrsatilgan ogʻirlik boʻyicha tashish uchun qabul qilingan taradagi va donali yuklar borish punktida yukni oluvchiga oʻrinlar hisobi boʻyicha tortilmasdan, faqat shikastlangan oʻrinlardagi (agar shunday boʻlsa) yukning ogʻirligi va holatini tekshirgan holda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyulgan va toʻkilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga ogʻirlikni tekshirmasdan topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Tashuvchining qayta yoʻnaltirish, yukni realizatsiya qilish yoki uni yukni joʻnatuvchiga qaytarish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlari mijoz tomonidan tashish shartnomasi shartlariga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tashuvchiga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan taqdirda, yuk tashuvchi tomonidan yukni joʻnatuvchiga (agar tashish shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa) qaytarilishi yoki uning yozma koʻrsatmasi boʻyicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni oluvchi, agar u yuridik shaxs hisoblansa, tovar-transport yukxatiga imzo, shuningdek muhr bilan tasdiqlangan yuk qabul qilinishi rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yukni qayta yoʻnaltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) haydovchi aloqa vositalaridan foydalangan holda tashuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan sana, vaqt va sabablari toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashuvchi yozma shaklda yoxud aloqa vositalaridan foydalangan holda yukni joʻnatuvchini yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etganligi va sabablari toʻgʻrisida xabardor qiladi va yukni qayta yoʻnaltirish haqidagi koʻrsatmani soʻraydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yukni joʻnatuvchi yukni yetkazib berish mumkin emasligi toʻgʻrisida xabardor qilingan paytdan boshlab 2 soat mobaynida undan qayta yoʻnaltirish toʻgʻrisida bildirishnoma olinmagan taqdirda tashuvchi yozma shaklda yukni joʻnatuvchini yuk qaytganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va haydovchiga yukni joʻnatuvchiga qaytarish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yukni joʻnatuvchidan tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan yukni oluvchigacha yetkazib bergan holda yukni qayta yoʻnaltirish toʻgʻrisida koʻrsatma olinganda tashuvchi aloqa vositalaridan foydalangan holda haydovchini qayta yoʻnaltirish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yuklarning ayrim turlarini tashish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yuklarning ayrim turlarini tashishda ularning xossalaridan, gabaritlari va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi haydovchi texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi xavfsizlik, yoʻl harakati xavfsizligi, yuklarni qabul qilish va yetkazib berish qoidalari boʻyicha oʻqitilishini va unga yoʻl-yoʻriq berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi yukni tashish shartnomasida belgilangan muddatda yukni joʻnatuvchiga tegishli yukni tashish uchun yaroqli holatdagi soz avtotransport vositasini yuklash uchun beradi. Yukni boriladigan joyga tashishga, tipi va yuk koʻtarishiga koʻra tashish shartnomasida belgilanganga muvofiq boʻlgan, shuningdek tegishli asbob bilan jihozlangan avtotransport vositalari va konteynerlar yukni tashish uchun yaroqli deb eʼtirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni joʻnatuvchi tovar-transport hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan fitosanitariya, sanitariya, karantin, bojxona talablarini va boshqa talablarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni, shuningdek tashishning cheklangan muddatlari va harorat rejimi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni va konteynerning qulflash, tamgʻalash qurilmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Bitta avtotransport vositasida bir necha yukni oluvchilarga yuklarni tashishda yukni joʻnatuvchi (ekspeditor) ularni avtotransport vositasi kuzovida har bir yukni oluvchiga moʻljallangan yukning butun assortimenti yuklanishini taʼminlaydigan etib joylashtirishi, shuningdek har bir yukni oluvchiga tovar-transport yukxatlarini yozishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yuklarni tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Tez buziladigan yuklar asosan harorat rejimiga rioya qilgan holda izotermik kuzovli (furgonlarda, refrijiratorlarda va shu kabilarda) ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez buziladigan yuklar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻsimlik mahsulotlari: mevalar, reza mevalar, sabzavotlar, qoʻziqorinlar va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hayvonlarning mahsulotlari: har xil hayvonlar va parrandalarning goʻshti, baliq, ikra, sut, tuxum va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qayta ishlash mahsulotlari: sut mahsulotlari, har xil yogʻlar, muzlatilgan mevalar, kolbasa mahsulotlari va boshqa goʻsht mahsulotlari, pishloqlar va shu kabilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻsimliklar: koʻchatlar, gullar va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashish hujjatlarida yukni joʻnatuvchi tomonidan tashishning cheklangan muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, shuningdek agar tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan kam boʻlsa, tez buziladigan yuklar tashish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez buziladigan yuklar, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etsa, yukni joʻnatuvchi esa yangi yukni qabul qiluvchi toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar bermagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklar ularni bundan keyin tashib boʻlmaydigan yoki maqsadga muvofiq boʻlmagan darajada shikastlangan boʻlsa sotilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi tez buziladigan yukni sotish uchun berish zarurligi toʻgʻrisida mijozni yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Agar bildirishnoma joʻnatilgandan keyin besh kalendar kundan soʻng mijozdan javob olinmasa, tashuvchi tez buziladigan yukni uning ruxsatisiz sotishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar oʻz xususiyatiga koʻra omborga joylashtirilishi mumkin boʻlmasa, shuningdek agar yukni sotish kechiktirilishi uning buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlsa, tashuvchi yukni sotish uchun qisqaroq muddatda ham berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotilgan yuk uchun tashuvchi olgan summa ular oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha mijozga oʻtkaziladi (beriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi tashish uchun berilayotgan tez buziladigan yuklarning sifatini tanlab tekshirishi mumkin, germetik oʻramdagi yuklar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni ochish va keyinchalik uni oʻrab-joylashtirish tekshirishdan keyin yukni joʻnatuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni joʻnatuvchi tashuvchiga tez buziladigan yukka tovar-transport yukxati bilan birgalikda, agar bunday yuk majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa, sertifikat yoki sifat guvohnomasini taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni joʻnatuvchi tez buziladigan yukka tovar-transport yukxatida yuklashdan oldin yukning amaldagi haroratini va yukni tashishning cheklangan muddatini koʻrsatishi kerak. Agar yukxatida koʻrsatilgan tashishning cheklangan muddati yetkazib berish muddatidan ortiq boʻlsa, tez buziladigan yuklar tashuvchi tomonidan tashish uchun qabul qilinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir avtotransport vositasida tarkibi va xossalariga koʻra bir xil boʻlgan tez buziladigan yuklarning har xil turlarini birgalikda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Taraga joylashtirilgan sabzavotlar, mevalar, reza mevalar, uzumni tashishda yukni joʻnatuvchi ularni avtotransport vositasi kuzovining yuk oʻrinlariga zich qator qilib joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlari oʻramlarda tashiladi. Ular avtotransport vositasi kuzovida bir nechta qator qilib ustma-ust joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Unli-kremli qandolatchilik mahsulotlarini nooziq-ovqat mahsulotlar, shuningdek oʻtkir hidli mahsulotlar yoki yangi yopilgan non bilan birgalikda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun furgon tipidagi kuzovli, seksiyalarga boʻlingan va lotoklar oʻrnatish uchun yoʻnaltiruvchilar bilan jihozlangan avtotransport vositasi yoki non va non-bulka mahsulotlarini konteynerlarda tashish uchun moslashtirilgan avtotransport vositasi qoʻllaniladi. Non va non-bulka mahsulotlarini ushbu talablarga muvofiq jihozlanmagan avtotransport vositalarida tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Non va non-bulka mahsulotlarini tashish uchun yukni joʻnatuvchidan qabul qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan har bir lotokdagi (konteynerdagi) mahsulotlarning sonini hisoblamasdan standart toʻldirilgan lotoklar (konteynerlar)ning nomi va soni boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Un ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari — sisternalarda tarasiz usulda va sholcha bilan yopilgan bortli platformali avtotransport vositalari — furgonlarda tarali usulda tashilishi mumkin. Yorma faqat tarali usulda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un, yorma, shakar va tuzni turgʻun hidli yoki ularning oʻrami yuzasini iflos qiluvchi yuklar bilan birgalikda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik tuz sholcha bilan oʻralgan ochiq avtotransport vositalarida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Un, yorma, shakar va tuz solingan qoplar, agar ularni joylashtirish balandligi avtotransport vositasi borti balandligidan ortiq boʻlsa mahkamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Don, hashakning silos massasi va pichanni tashishda avtotransport vositasining kuzovi yukni atmosfera yogʻingarchiligidan va tashishda kamayishdan himoya qilish uchun parda bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Paxta xom ashyosi avtotransportning barcha turlarida tarasiz usulda (toʻkilgan holda) tashiladi, elita urugʻlik chigit va yangi qoplarda tashiladigan yangi navlar bundan mustasno. Toʻkilgan holda tashiladigan paxta xom ashyosining usti mato bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xom ashyosini tashiydigan avtotransport vositalari uchqun soʻndirgichlar, olovni oʻchirgichlar va kuzovni yopish vositalari bilan jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsizlik shartlari va agrotexnika talablari boʻyicha paxta xom ashyosini daladan tayyorlov punktiga tashishda avtotransport vositalarining paxtazorga kirishiga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni joʻnatuvchi, yukni oluvchi tomonidan paxta xom ashyosini joʻnatish va qabul qilish seleksiya va sanoat navlari, terish turlari va hokazolar boʻyicha bir xildagi turkumlar bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasi, lintni tashishda yukning saqlanishini va yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun poliga metall boʻlmagan material toʻshalgan va tekis bortli yopiq avtotransport vositalaridan foydalanilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini boʻyogʻi qurimagan yuk boʻlmalarida hayvonot-xom ashyo yuklari (teri xom ashyosi, jun va shu kabilar) va nam chiqaruvchi yuklar bilan birgalikda tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tolali paxta mahsulotlarining har bir turkumi (turkumning bir qismi) transportda alohida tashiladi. Avtotransport vositasiga tolali paxta mahsulotlarining bir nechta turkumlarini (qoidaga koʻra uchtagacha), agar ular bir xildagi seleksiya va sanoat navlari boʻlsa, avtotransport vositasiga yuklashga yoʻl qoʻyiladi, bunda har bir turkumga sifat toʻgʻrisidagi alohida hujjat rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni oluvchi bilan kelishgan holda avtotransport vositalariga tolali mahsulot turkumlari, agar ayni bir seleksiya va sanoat mollaridan boʻlsa, ularning uchtadan ortiq turkumini yuklashga yoʻl qoʻyiladi. Yuklanadigan turkumga sifat toʻgʻrisidagi alohida hujjat rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taxlamlarni avtotransport vositalariga ortish va tushirishda kamarlarni yechishga va ularning “tugunchalari” uzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik chigitlar toʻkilgan holda yoki toza, quruq, oʻzga hidlarsiz qoplarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transportda tashishda oʻrtacha tolali va uzun tolali seleksiya navlari urugʻliklari, turlicha sanoat navlari va darajalari, shuningdek namlik yuqori boʻlgan urugʻliklar aralash tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekiladigan chigit solingan qoplar yopiq avtotransport vositalarida tashiladi. Ekiladigan chigitlarni ochiq avtotransport vositalarida tashishda chigit solingan qoplar brezent bilan yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dorivor ishqor bilan ishlov berilmagan ekiladigan chigitlarni toʻkilgan holda transportda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishqor bilan ishlov berilgan chigitlarni sexga transportda tashishda nobudgarchiliklarga va ekiladigan chigitlarning shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuqsonlari aniq koʻrinib turgan, bogʻlash kamarlari va oʻralgan matoning yaxlitligi buzilgan, xoʻllangan va ifloslangan taxlamli paxta tolasi, lint taxlamlari, shuningdek oʻzidan oʻzi isib ketadigan yoki oʻzidan oʻzi yonib ketadigan paxta tashish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashiladigan paxta xom ashyosining amaldagi massasini aniqlash uchun ham tayyorlov punktida yuklashda (tara, brutto), ham paxta tozalash zavodlarida tushirishda (brutto, tara) avtotransport vositasining bir tipdagi tarozilarida tortiladi, shuningdek har bir kuzovdan namuna olish, analizlar qilish yoʻli bilan natijalari paxta xom ashyosining turkumiga tatbiq etiladigan uning konditsion massasi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Hayvonlar yoki parrandalarni tashish ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasida yoki u mavjud boʻlmaganda, hayvonlar yoki parrandalarni tashish uchun jihozlangan bort platforma tipidagi kuzovli avtotransport vositasida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlar yoki parrandalarni oʻzi agʻdargich kuzovli avtotransport vositasida tashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi, agar bu tashish shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, hayvonlar yoki parrandalarni kuzatib borishni oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish shartnomasi shartlariga muvofiq yukni kuzatib boradigan mijoz yoki tashuvchining vakili hayvonlar yoki parrandalarning kamomadi, jarohatlanishi va oʻlatga chalinishi, shuningdek sanitariya normalariga rioya etilmaganligi, hayvonlarni (parrandalarni) parvarish qilish uchun moʻljallangan mol-mulkning kamayishi va buzilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asalarilarni tashishda maqbul harorat 80S. Asalarilarni avtotransport vositalari — furgonlarda tashqi havo harorati 100Sdan ortiq boʻlmaganda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Charm, teri, momiq, pat, jun va boshqa shunga oʻxshash yuklarni (charm va teri-moʻyna xom ashyo) tashish yuk albatta brezent bilan yopilgan holda furgonlarda yoki bortli avtotransport vositalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm va teri-moʻyna xom ashyoni avtotransport vositalari bilan chilvir bilan bogʻlangan tagliklarda tashishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzlangan terilar bochkalarda, taxlamlarda, bogʻlam qilib va alohida (tarasiz) tashiladi. Terilarni quruq yuklar va oʻzga hidlarni oʻziga singdirib oladigan yuklar bilan birgalikda tashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzlangan terilar atmosfera yogʻingarchiliklaridan ishonchli himoyalangan boʻlishi kerak. Separatsiyada yoki kuzovning poliga yotqizish uchun eman taxtalardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuvilgan va yuvilmagan (yogʻli) junni birgalikda tashish, nam yoki hoʻl junni tashish uchun taqdim etish va uni nam yoki yogʻli yukka yuklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarning yunglari presslangan holda taxlamlar yoki qoplarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Yiriklashtirilgan paketlarda yoki konteynerlarda idish-tovoqni tashishda avtotransport vositasi kuzovining poliga zich qilib teng oʻlchamda xashak, pichan qatlami yoki yogʻoch qipigʻi toʻshaladi. Paketlar qatorlariga ham gorizontal va vertikal boʻyicha oʻrash materiali qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shishadan yasalgan, xoʻjalikda ishlatiladigan idish-tovoq konteynerlarda, tara-uskunalarda yoki polietilen plyonka yopishtirilgan paketlarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idish-tovoq solingan tara va konteynerlarga “EHTIYOT BOʻLING, SHISHA!” degan yozuv yozilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovqatlanish anjomlari solingan qutilar suv oʻtkazmaydigan qogʻoz bilan qoplangan yogʻoch yashchiklarga yonma-yon joylashtiriladi. Oʻralgan yashchiklar koʻndalangiga poʻlat oʻrash lentasi yoki yumshatilgan sim bilan oʻraladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovqatlanish anjomlarini kimyoviy moddalar va metallni korroziyaga uchratadigan boshqa materiallar bilan birgalikda tashishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni oluvchi pachkalar (paketlar) ichidan singandagi tovush eshitilsa ularni ochishni va tovarni bittalab topshirishni talab qilish huquqiga ega. Buyumlarning singanligi aniqlanganda yukni oluvchi buyumlarni qabul qilishni va singan buyumlarning haqini toʻlashni rad etishga, tashish shartnomasida belgilangan miqdorda tashuvchidan jarima undirishga, agar tovarlarning haqi toʻlangan boʻlsa, toʻlangan summalarni belgilangan tartibda qaytarishni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Suyuq organik oʻgʻitlar faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda tashilishi kerak. Tashuvchi avtotsisternaning barcha rezbali birikmalari, qopqoqli tuynuklari va qulf qurilmalarining germetikligini, shuningdek shlanglarning mahkamlanganligi ishonchliligini taʼminlashi va toʻldirish darajasini nazorat qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Matolar va ulardan tikilgan buyumlar maxsus qattiq, yarim qattiq va yumshoq taraga joylashtirib tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matolar va ulardan tikilgan buyumlar solingan qattiq tara (taxta va faner yashchiklar) koʻndalangiga qulfga mahkamlangan metall lenta bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipak matolarning taxlamlarini ingichka sim bilan oʻrash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toyga oʻralgan matolar qogʻoz bilan yoki oʻrash matosi bilan qoplanishi, bir chokda tikilishi va koʻndalangiga chilvir bilan oʻralishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Gilam va gilam buyumlar qanday holda ishlab chiqarilgan boʻlsa, oʻsha shaklda oʻralmasdan rulonlarda tashish uchun taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Poyabzalning har xil turlari maxsus taraga (karton qutilar, karton, yogʻoch, faner, kombinatsiyalashtirilgan yashchiklarga solingan holda) joylashtirilgan holda tashish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Maishiy mashinalar, priborlar va boshqa murakkab maishiy texnika avtotransport vositasida tashish uchun yukning turiga qarab mahkamlangan holda zavod oʻramida tashish uchun taqdim etiladi. Oʻramga manipulyatsion belgilar (“EHTIYOT BOʻLING, SHISHA!”, “TEPA QISMI”, “NAMDAN SAQLANG!”) bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Mebel tashish uchun ham tarada, ham tarasiz usulda taqdim etiladi. Mebel tarasiz usulda tashilganda tashuvchi maxsus jihozlangan avtotransport vositasini qoʻllashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Sement va gips tarasiz va tarali usulda (qoplarda) tashiladi. Tarasiz usulda tashish faqat ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sement va gipsni ixtisoslashtirilgan avtotsisternalardan omborxonaga tushirish uchun yukni oluvchi qattiq qoplamali maydonchalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sement doimiy ravishda tushiriladigan joylarda (qorishma uzellari, zavodlar, qurilish maydonlari va shu kabilarda) yukni oluvchi ixtisoslashtirilgan avtotsisterna tushirish tomonga 12 — 140 qiyalikda boʻlishini taʼminlagan holda tushirish maydonchalarini jihozlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan avtotsisternalarni tushirish joyiga traktorlarda shatakda olib kelish, shuningdek tushirish shlanglarini sim, chilvir va boshqa qoʻlosti vositalar yordamida qabul qilish qurilmalariga mahkamlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Asbestotsement shifer (yassi, toʻlqinli yoki boshqa konfiguratsiyali) avtotransport vositasida tashish uchun lentali yoki sim mahkamlash bandajlari bilan mahkamlangan konteynerlarda, tagliklarda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transportda tashish vaqtida mahkamlash buzilgan taqdirda shifer yukni oluvchiga tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan listlar soni boʻyicha topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Gʻisht avtotransport vositasida konteynerlarda, tagliklarda va ularsiz, shuningdek uyulgan holda tashiladi. Tagliklar, agar gʻishtni joylashtirishning balandligi avtotransport vositasi kuzovi bortining balandligidan yuqori boʻlsa, toʻsuvchi qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi paketning pastki qatoridan, burchaklaridan yoki chetlaridan gʻishtlar tushib ketayotgan boʻlsa, shuningdek agar gʻishtni joylashtirishning balandligi avtotransport vositasi kuzovi borti balandligidan yuqori boʻlsa, toʻsuvchi qurilmalar yoʻq boʻlganda paketlarni tashishga qabul qilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xom gʻisht 7 tonnagacha yuk koʻtaradigan avtotransport vositasining tagliklarida tashilganda paketlar yukni joʻnatuvchi tomonidan kuzovning oʻqi boʻylab joylashtirilishi, 7 tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan avtotransport vositasida tashilganda esa — kuzovning yon bortlaridan biriga taqashtirilib shaxmat tartibida kuzovning oʻqiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Qurilish qorishmalari kuzovi sisterna shaklidagi avtotransport vositalari — qorishma tashuvchilarda, bortli avtotransport vositasining kuzoviga oʻrnatilgan maxsus konteynerlar va pastak yogʻoch taralarda, shuningdek orqa bort termoizolyatsiya qopqoqlari, kigiz toʻshamalar, shuningdek yilning qish vaqtida kuzovni ishlatilgan gazlar bilan isitish uchun qurilmalar bilan qoʻshimcha ravishda zichlashtirilgan avtosomosvallarning kuzovlarida tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish qorishmalari yopishib qolishidan himoya qilish uchun iflos narsalar va zanglardan sinchiklab tozalangan kuzovning ichki yuzasiga xlorli kalsiyning suvli eritmasi surtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Listli shishani tashish uchun brezent bilan taʼminlangan bort platformali avtomobillardan (avtopoyezdlardan yoki avtomobil furgonlardan) foydalaniladi. Vitrinaga moʻljallangan list shisha maxsus jihozlangan avtotransport vositalarida tashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Listli shisha yogʻoch yashchiklarda, universal yoki maxsus konteynerlarda, koʻp oborotli yashchiklarda va shishaning saqlanishini taʼminlaydigan boshqa tarada tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shisha solingan yashchiklar bir-biriga zich taqalgan holda avtotransport vositasining harakati yoʻnalishi boʻylab koʻndalang holda uning kuzoviga joylashtiriladi. Kuzov toʻlmagan taqdirda yashchiklar harakat vaqtida siljimaydigan va tebranmaydigan qilib mahkamlanadi yoki tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp oborotli yashchiklardagi listli shishani avtotransport vositasi kuzovining uzunasi va koʻndalangiga oʻrnatish mumkin. Yashchiklarni mahkamlash: yupqa taxtalar bilan tikish yoki burchaklari orqali sim bilan bogʻlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻndalangiga joylashtirishda koʻp oborotli yashchiklarni avtotransport vositasining kabinasiga tomon sal qiya holda oʻrnatish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nosoz va singan shisha boʻlaklari boʻlgan yashchiklar va konteynerlar tashish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Santexnika buyumlari (chinni-ganch, metall) ularning himoya qilinishini taʼminlaydigan zavod oʻramida tashish uchun taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Temir-beton buyumlar konstruksiyasiga qarab yoʻlda yukning barqaror holatini taʼminlaydigan uskuna bilan jihozlangan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida va gorizontal, vertikal yoki qiya holatda ixtisoslashtirilmagan avtotransport vositalarida tashilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan avtotransportdan devorbop panellar va toʻsgichlarni, shuningdek massasi 16 tonnadan ortiq temir-beton buyumlarni tashish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bortli platformali avtotransport vositalaridan (avtopoyezdlardan) uncha katta boʻlmagan oʻlchamli temir-beton buyumlarni (poydevor bloklari, toʻshamalar, plitalar, zinapoya marshlari va boshqalarni) tashish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzun oʻlchamli temir-beton buyumlarni (fermalar, toʻsinlar va boshqalarni) tashish uchun yarimtirkamali va tirkamalar — yogʻoch aravali avtopoyezddan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Yogʻoch-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashish uchun foydalaniladigan ixtisoslashtirilmagan avtotransport vositalari yogʻoch-taxtalar kabinaga siljishining oldini oluvchi maxsus moslamalar (tishlar, sirgʻalishga qarshi taroqlar) bilan jihozlanadi, kabinaning orqasiga esa yogʻoch xoda, govronlarning zarbalaridan himoya qilish uchun gʻov oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yogʻoch-taxta va arralangan binokorlik materiallari avtotransport vositasi va tirkama boʻyicha teng joylashtiriladi. Avtotransport vositasidagi yukning balandligi tirkama-yogʻoch aravadagi yukning balandligidan 100 millimetrdan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yogʻoch-taxta va arralangan binokorlik materiallarini tashishda yukni joʻnatuvchi yogʻoch-taxta materiallarini oldindan uzunligi boʻyicha navlarga ajratib paketlarga joylashtirishi va ularni inventar bogʻich bilan mahkamlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yogʻoch-taxta va arralangan binokorlik materiallarini yukni joʻnatuvchidan tashish uchun qabul qilish va yukni oluvchiga topshirish tashuvchi tomonidan hajmi boʻyicha, paketli usulda tashishda esa — yuk oʻrinlari (paketlar) soni boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Metall va undan yasalgan buyumlarni tashish uchun ularning guruhiga qarab bortli platformali avtotransport vositalari, yarimtirkamali shatakchilar, metall tashuvchilar, tirkamali-yogʻoch aravali avtomobillar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Metall va undan tayyorlangan buyumlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzun oʻlchamli prokat (poʻlat prokat, burchaklar, shvellerlar va qoʻshtavrlar — shtabellarda yoki bogʻlamalarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poʻlat kanatlar — buxtaga yoki barabanga oʻralgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrama setkalar — yumshoq poʻlat sim bilan oʻralgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yassi setkalar — paketlarga bogʻlangan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik gabaritli metall (mixparchinlar, boltlar, gaykalar, shaybalar, vintlar) — taraga joylashtirilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektrodlar — qogʻozga oʻralgan va yashchiklarga joylashtirilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangli metallar va qotishmalar — pachkalarga bogʻlangan va taraga joylashtirilgan holda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzun oʻlchamli metallarni (va boshqa metallardan tayyorlangan buyumlarni) yuklashda tirkama-yogʻoch aravalarda tirkamaning burishini taʼminlash uchun avtomobilga nisbatan istalgan tomonga 90 darajada kabina bilan yuk oʻrtasida oraliq qoldirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi avtotransport vositasi kuzovining old qismiga yuk kabinani shikastlashidan himoya qilish uchun poʻlat gʻov oʻrnatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Yuk ortilgan konteynerni qabul qilib olishda tashuvchi va mijoz konteynerni tashqi tomondan koʻzdan kechiradilar, tamgʻaning, tamgʻalash simining yaxlitligi va sozligini, konteyner raqami va tamgʻa izi nazorat belgisining tovar-transport yukxatida koʻrsatilgan konteyner raqami va nazorat belgisiga muvofiqligini tekshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yukni joylashtirishda yukni joʻnatuvchi yuk bilan konteyner eshigi oʻrtasida 30 millimetrdan 50 millimetrgacha boʻsh oraliq qoldirishi kerak. Yuk konteyner ichida yukni joʻnatuvchi tomonidan notoʻgʻri joylashtirilishi yoki mahkamlanishi oqibatida yuz bergan yukning buzilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchi javob bermaydi. Tamgʻa noaniq bosilgan, shuningdek notoʻgʻri ilingan tamgʻali konteynerni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir konteynerga yukni joʻnatuvchi yuklangan oʻrinlar sonini koʻrsatgan holda muhr va imzo bilan tasdiqlangan yukning roʻyxatini solib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk nosoz konteynerda, shuningdek tamgʻa buzilgan yoki tamgʻalanmagan konteynerda kelgan taqdirda yukni oluvchi konteynerni ochishi, tashuvchining vakili bilan birgalikda yukning massasi, oʻrinlar soni va holatini tekshirishi kerak va yuk yoʻqotilganligi, buzilganligi yoki shikastlanganligi aniqlangan taqdirda tovar-transport yukxatiga yozuvni qayd etishi yoki belgilangan tartibda dalolatnoma tuzishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Kimyo-farmatsevtika sanoati mahsulotlari (dori-darmonlar) tashish uchun 20 kilogrammdan ogʻir boʻlmagan massali karton qutilarda, yogʻoch yashchiklarda, shisha idishlarda, shuningdek konteynerlarda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shisha oʻramdagi suyuq dori-darmonlar ortish, transportda tashish va tushirish paytida shikastlanmasligi uchun yashchiklar tagliklar bilan birga joylashtiriladi. Shisha idishlar yogʻoch kataklarga yoki novdalardan yasalgan savatlarga joylashtiriladi. Yashchiklarning tubi, tagliklar va savatlardagi boʻsh oraliqlar hamda qopqoqning ostidagi joy oʻrash materiali bilan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Kauchuk oʻralmasdan taxlamlarda, yashchiklarda, qoplarda va bloklarda tashiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositasi kuzovi ichki yuzasining barcha metall qismi kauchukdan quruq taxtalar yoki faner bilan toʻsilgan boʻlishi kerak. Kauchukning ustiga boshqa har qanday yukni yuklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kauchukni ortish boshlanguniga qadar yukni joʻnatuvchi yongʻinga qarshi xavfsizlikning zarur choralarini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lateksni (tabiiy kauchukning suvli eritmasini) tashishda maxsus saqlagichli klapanli bochkalar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq isteʼmoli tovarlariga tegishli boʻlgan rezina va rezina buyumlar (poyabzal, oʻyinchoqlar, attorlik buyumlari) oʻralgan shaklda tashiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
881. Qurilish materiallarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa toʻkiladigan (issiq asfalt, yirik gabaritli va ogʻir yuklardan tashqari) yuklarni ochiq avtotransport vositalarida tashish yukni majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplagan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
882. Avtotransport vositalarining qurilish obyektlaridan kuzovni va avtotransport vositalarining gʻildiraklarini yuvmasdan umumiy foydalaniladigan yoʻllarga chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(881-882-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 395-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2018-y., 09/18/395/1282-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tashuvchilar, yukni joʻnatuvchilar va yukni oluvchilarning huquq va majburiyatlari hamda ularning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tashuvchi va mijoz oʻz huquq va majburiyatlarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Tashuvchilar va mijozlar tashish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Taqdim etilmagan yoki boʻlmasa taqdim etilgan, biroq tashilmagan yukka taqdim etilgan tashish qiymati tashish paytida amal qilgan, shartnomada koʻrsatilgan tarifning tashish qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Jabrlangan tomon oʻz shartnoma majburiyatlarini bajarmagan tomondan zarar qoplanishini talab qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Mijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va shahar atrofida tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharalararo tashishda — yetkazib berish muddati tamom boʻlgandan keyin 30 kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan-toʻgʻri aralash tashishda — yuk tashish uchun qabul qilingan kundan boshlab toʻrt oy oʻtgach yukni oluvchiga berilmasa, yukni yoʻqotilgan deb hisoblashga va yuk yoʻqotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Avtotransport vositasi tashish shartnomasida belgilangandan ortiqcha vaqt normasida yuk ortilgan yoki tushirilgan holda bekor turib qolganligi, shuningdek mijozning aybi boʻyicha avtotransport vositasi toʻxtash joyida yoki borish yoʻlida bekor turib qolganligi uchun tashuvchi tashish shartnomasida nazarda tutilgan neustoykani talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Tovar-transport yukxatidagi yoki yoʻl varaqasidagi avtotransport vositasi kelgan va joʻnab ketgan vaqt toʻgʻrisidagi belgilar avtotransport vositasi bekor turib qolganligi uchun daʼvo qoʻzgʻash uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Tashish shartnomasida tovar-transport yukxatini, shuningdek yoʻl varaqasini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun mijoz tomonidan tashuvchiga neustoyka toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Yukni joʻnatuvchi u tomonidan tovar-transport hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi, noaniqligi yoki toʻliq emasligi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha zararlar uchun tashuvchi, yukni oluvchi va tashish jarayonida ishtirok etuvchi barcha shaxslar oldida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Mijoz avtotransport vositalariga qonun hujjatlarida taqiqlangan va ilova hujjatlarida koʻrsatilmagan yuklar ortilganligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Yukni tashish shartnomasidan kelib chiqadigan daʼvoni tashuvchiga taqdim etishdan oldin unga talab taqdim etish majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoxud zarur tarzda bajarilmasligi munosabati bilan tashuvchi bilan mijoz oʻrtasidagi kelishmovchiliklar hollari tomonlarning kelishuviga koʻra erkin shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi mumkin, ularda tomonlarning javobgarligi choralarini belgilash uchun asos hisoblanadigan holatlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yukning yoʻqolganligi, buzilganligi, kamomadi yoki shikastlanganligi uchun zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo har bir joʻnatish boʻyicha alohida taqdim etilishi kerak. Bir yukni joʻnatuvchining bir yukni oluvchi manziliga bir turdagi yuklari boʻyicha joʻnatishlar guruhiga bitta daʼvo taqdim etishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvolarga zarur hujjatlar (tovar-transport yukxati, tovar uchun chek va zararning hisob-kitobi) ilova qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Tashuvchiga daʼvolar mijoz tomonidan ushbu Qoidalarning 7-bandida belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hujjatlarsiz tashuvchiga berilgan daʼvolar u olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda berilgan hujjatlar bilan birgalikda va qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga qaytariladi. Bunda daʼvolarni taqdim etish uchun belgilangan muddat toʻxtatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvo pochtada yoki bevosita tashuvchiga tilxat ostida berilgan kun mijoz tomonidan daʼvo berilgan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daʼvoni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida tashuvchi mijozni oʻttiz kunlik muddatda xabardor qilishi kerak. Daʼvo tashuvchi tomonidan rad etilgan taqdirda u daʼvo rad etilishining sabablarini koʻrsatishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Tashuvchi daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etgan, yoxud tashuvchidan oʻttiz kunlik muddatda javob olinmagan taqdirda tashuvchiga daʼvo yukni joʻnatuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan yuklarni tashishga qoʻyiladigan talablar buzilgan hollarda yuklarni tashish qoidalari buzilishi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 401-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/277/1048-son, 29.05.2018-y., 09/18/395/1282-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2023-y., 09/23/406/0625-son)