1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stomatologiya sohasidagi yuqori malakali tibbiyot kadrlarini xalqaro talablar va standartlar darajasida tayyorlashni yanada takomillashtirish, taʼlim jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan oʻquv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ilgʻor axborot-kommunikatsiya va taʼlim texnologiyalarini joriy etish, boʻlgʻusi stomatolog mutaxassislarning nazariy tayyorgarligini ular oʻrganayotgan amaliy koʻnikmalar bilan chambarchas bogʻlagan holda olib borilishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti negizida Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat stomatologiya instituti huzurida Stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarga mos keladigan va hozirgi zamon stomatologiyasining ilgʻor texnologiyalarini egallagan stomatologiya sohasining yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stomatologiya, yuz-jagʻ jarrohligi sohasi va boshqa yoʻnalishlarda, jumladan, biotexnologiyalar, hujayra va regenerativ tibbiyot sohalaridagi ilgʻor yutuqlardan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institut klinikalari aholiga stomatologiya sohasida yuqori malakali davolash-profilaktika yordamini koʻrsatgan holda stomatologik kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va ularni davolashning ilgʻor usullarini tatbiq etish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning oliy tibbiyot taʼlimi tizimida stomatologiya sohasi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishda zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida axborot va multimediya uskunalaridan foydalangan holda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stomatologiya sohasidagi tibbiyot mutaxassislari va oʻqituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil etish.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.02 Tibbiyot muassasalarining ilmiy-tadqiqot va taʼlim faoliyati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Stomatologiya va yuz-jagʻ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tish va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarini davolashning samarali usullarini ishlab chiqish, ilgʻor stomatologiya texnologiyalarini, shu jumladan yuz-jagʻ sohasidagi toʻqimalar va organlarni tiklash chogʻida osteoplastika, biologik va sunʼiy materiallarni qoʻllanish kabi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan chuqur ilmiy izlanishlarni olib borish boʻyicha institutning asosiy tadqiqot boʻlinmasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiq stomatologik kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va ularni davolashning ilmiy-metodologik bazasi takomillashtirilishini taʼminlaydi va shunga asoslanib, stomatologiya sohasida davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqadi, shuningdek stomatolog-vrachlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shugʻullanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga hamda stomatologiya yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha respublikaning boshqa oliy tibbiyot taʼlim muassasalariga hujjatlarini topshirgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2014/2015 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2014-yil 26-iyundagi PQ-2193-sonli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda uning filiallarining tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin, ustav hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek institutning oʻquv yili boshidan toʻlaqonli faoliyat yuritishni taʼminlash borasidagi boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi va boshqa oliy tibbiyot taʼlimi muassasalarining tugatilayotgan stomatologiya fakultetlarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallarini stomatologiya sohasida amaliy ish tajribasiga ega, oʻqitish va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazishning zamonaviy usullarini faol qoʻllaydigan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy taʼlim texnologiyalari, eng yangi axborot va oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini joriy etish va ulardan keng foydalanish asosida oʻquv rejalari va dasturlarini yangilagan holda stomatologiya boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishni tanqidiy tahlil qilsin va ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olib qayta koʻrib chiqsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat stomatologiya instituti uchun 2014/2015 oʻquv yillarini boshlanishiga takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlariga qatʼiyan mos keladigan, stomatologiyani rivojlantirishning zamonaviy talablariga javob beradigan yangi oʻquv rejalar va dasturlar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Stomatologiya va yuz-jagʻ xirurgiyasi ilmiy-amaliy markazini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mashhur mutaxassis va olimlarni institutda ishlashga va dars berishga jalb qilish, stajirovkalarni tashkil etish va mutaxassislarni tayyorlash, birgalikda oʻquv va tadqiqot dasturlarini amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti uchun xorijiy mamlakatlarning ilgʻor ixtisoslashtirilgan universitet va institutlaridan texnik hamkor belgilash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin, unda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat stomatologiya institutini vaqtincha Toshkent tibbiyot akademiyasining Toshkent shahri, Taraqqiyot koʻchasi, 103-uyda joylashgan 3-sonli klinikasi hududida joylashishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yildan institutning yangi binolari majmui, jumladan yotoqxona, uning filiallari qurilishini boshlash uchun moliyalash manbalari, jumladan grantlar, imtiyozli xorijiy kreditlar va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni belgilagan holda joriy yilning oxirigacha zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent davlat stomatologiya instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan stomatologik asbob-uskunalar, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, boshqa maxsus asbob-uskuna va inventarlar uchun 2020-yilning 1-yanvarigacha boj toʻlovlari (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yigʻiladigan yigʻimlar bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga 2014-yilda va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti parametrlarida Toshkent davlat stomatologiya instituti qurilish ishlarini olib borish, moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek xorijiy tillarda adabiyotlar sotib olish, jurnal va boshqa vaqtli nashrlar, jumladan axborot-biblioteka resurslariga obuna boʻlishga maqsadli mablagʻlar, jumladan zarur kapital qoʻyilmalar limitlari ajratilishi koʻzda tutilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish boʻyicha maxsus komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R.S. Azimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Maxsus komissiya rahbari
A.I. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Maxsus komissiya rahbarining oʻrinbosari
A.V. Alimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
A.V. Vaxabov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
G.K. Saidova
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
D.A. Xidoyatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi
M.M. Ikramov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari
J.A. Qoʻchqorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari
Sh.A. Tulyaganov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri oʻrinbosari
Sh.I. Karimov
—
Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
R.J. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
M.R. Boltabayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Maxsus komissiya kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Maxsus komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 367-modda; 2016-y., 47-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2017-y., 06/17/5216/0187-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)