Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2022 18.07.2014 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guliston olimpiya zaxiralari kollejini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston sportchilarining 2016-yil Rio-de-Janeyro (Braziliya)da boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi olimpiya oʻyinlari va XV Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-son qarori ijrosini taʼminlash, yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining Sirdaryo viloyatida yuqori toifali sportchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Guliston 2-pedagogika kollejini 2014/2015-oʻquv yilidan boshlab Guliston olimpiya zaxiralari kollejiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Guliston olimpiya zaxiralari kolleji Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guliston 2-pedagogika kollejining oʻquv binolari va sport inshootlari, shuningdek moddiy-texnika vositalari, oʻquv asbob-uskunalari hamda boshqa mol-mulkining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Guliston shahar 4-mavzesida joylashgan 2-son viloyat bolalar va oʻsmirlar sport maktabining sport majmuasi, bino va inshootlarining tegishli hududi bilan birga, belgilangan tartibda, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Guliston olimpiya zaxiralari kollejini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yuqori malakali trener-oʻqituvchilar bilan toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga muvofiq sport anjomlari, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, zarur normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv va uslubiy adabiyotlar bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda yangi oʻquv yiligacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida Guliston olimpiya zaxiralari kollejining umumtaʼlim boʻgʻiniga 100 nafar oʻquvchini hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinining 1-kursiga 100 nafar oʻquvchini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligini taʼminlashni inobatga olgan holda Guliston 2-pedagogika kollejining qolgan oʻquvchilarini, oʻz xohishiga koʻra, tahsil olayotgan taʼlim yoʻnalishlariga mos boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Guliston olimpiya zaxiralari kollejida amalga oshiriladigan qurilish va taʼmirlash ishlarining 2015-yil Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2014-yilda Guliston olimpiya zaxiralari kollejining saqlash xarajatlari uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni ajratsin, 2015-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 18-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 370-modda)