Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 13.01.2003 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 13.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINING OLDI-SOTDI SHARTNOMALARINI RASMIYLASHTIRISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish faqat notariuslar, shuningdek savdo huquqiga tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransport ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari hamda vositachi (distribyutor) tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalari Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti hududiy boʻlimlari sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochilari tomonidan kimoshdi savdolari orqali belgilangan tartibda sotilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun boj va toʻlovlarning toʻliq tushishi ustidan nazorat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini birjalar tomonidan rasmiylashtirilishi, shuningdek ularni birjalar orqali sotish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda birja faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 13-yanvardagi
12-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 9-son, 30-modda, 1994-y., 9-son, 46-modda, 1997-y., 4-son, 14-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻrtinchi xatboshidagi “Davlat avtomobil nazorati” va “DAN boshqarmasining” soʻzlari “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” va “YHX bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) beshinchi xatboshida “ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, chakana savdo tarmoqlaridan, respublika, viloyat, tumanlararo, taʼminot-savdo bazalaridan va kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Davlat avtomobil nazorati organlarida amalga oshiriladi” soʻzlari “ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida amalga oshiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-sentabrdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat avtomototransport vositalarini jismoniy va davlat tasarrufida boʻlmagan yuridik shaxslarga sotish tartibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 11-bandning birinchi xatboshidan “tanlovlar va birja savdolari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan berilgan dalolatnoma kimoshdi savdosi orqali sotilgan avtomototransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimoshdi savdolarida sotilgan davlat avtomototransport vositalarining oldi-sotdi bitishuvi notarial rasmiylashtirilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 19-banddan “tanlov va birja savdolari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1994-yil 29-sentabrdagi 491-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 9-son, 46-modda, 1997-y., 4-son, 14-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻrtinchi xatboshida “Davlat avtomobil nazorati” va “DAN boshqarmasining” soʻzlari “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” va “YHX bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) beshinchi xatboshida “ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, chakana savdo tarmoqlaridan, respublika, viloyat, tumanlararo, taʼminot-savdo bazalaridan va kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Davlat avtomobil nazorati organlarida amalga oshiriladi” soʻzlari “ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida amalga oshiriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2001-yil 28-avgustdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 5-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish faqat notariuslar, shuningdek savdo qilish huquqiga tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari (avtomototransport ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularning vakillari hamda vositachi (distribyutor) tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositalari Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlari ijrosi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boʻlimlari sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlinmalari sud ijrochilari tomonidan belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali sotilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2009-y., 52-son, 578-modda)