OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Metrologiya xizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish huquqini akkreditatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1726-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2007-yil 14-avgustdagi 367-son “Metrologiya xizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish huquqini akkreditatsiyadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1726, 2007-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 424-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor A. KURBANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-iyun,
251-son
Kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 19-iyun
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
2014-yil 19-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 28-son, 346-modda)