Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2022 17.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2595
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining buyrugʻi, 17.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2595
Kuchga kirish sanasi
23.06.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2022
Hujjat 23.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarni roʻyxatga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2595]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 13-iyundagi 8-sonli ““Kemalarni roʻyxatga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2595-1, 23.06.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavi va 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kemalarni roʻyxatga olish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq V. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2014-yil 23-maydagi 95-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavi va 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki suv yoʻllarida foydalanishda boʻlgan kemalarni roʻyxatga olish, kema reyestrini yuritish, xos raqamlarni va Kema guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xos raqam — kema reyestriga kiritilgan, har bir kema uchun beriladigan raqam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kema — kemachilik maqsadida foydalanadigan oʻzi yurar yoki oʻzi yurmas suzuvchan qurilmalar, shu jumladan aralash (daryo — dengiz) suzish kemalari, parom, suv tubini chuqurlashtiruvchi va tozalovchi zemsnaryadlar, suzuvchan kran va shu kabi texnik qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kema guvohnomasi — kemaga mulk huquqini belgilovchi va kemada mavjud boʻlishi shart hisoblangan, kemaning asosiy hujjatlaridan biri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki suv yoʻllarida foydalanishda boʻlgan, harbiy kemalar, sport kemalari va fuqarolarga tegishli boʻlgan kemalardan tashqari, asosiy dvigateli 75 ot kuchidan kam boʻlmagan oʻzi yurar kemalar va sigʻimi 80 registr tonnadan kam boʻlmagan oʻzi yurmaydigan kemalar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hududiy boʻlimlarining kemachilik inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — kemachilik inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan kema reyestriga kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan, biror-bir kemaga tegishli boʻlgan qayiqlar va boshqa suzuvchi vositalar roʻyxatga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kemalarni roʻyxatga olish kema va uning egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kema reyestriga qayd etish tizimi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kemachilik inspeksiyasi vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemalarni roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemalarni roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari roʻyxatga olingan va berilgan Kema guvohnomalari mavjudligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemalarni roʻyxatga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kema guvohnomasini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kema reyestrini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kemalarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlar mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan kemalar roʻyxatiga kiritilgan kemalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilgandan soʻng (shu jumladan ijara shartnomasi asosida olingan ekipajsiz kemalar) ularning texnik holatidan qatʼi nazar, 10 kun ichida roʻyxatga qoʻyish uchun, oʻzlari joylashgan manzil boʻyicha, ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq ariza bilan tegishli kemachilik inspeksiyasiga murojaat etishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kemalarni roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan arizaga yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining nusxasi va kemaning tegishli ekanligini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlardan bittasi ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemaning tashkilot balansiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi yoki kemaga mulk huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemaning oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi (chet eldan olib kelingan kema uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarori nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda davlat roʻyxatidan oʻtgan, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari (yoki mavjud yuridik shaxsning oʻzgartirilgan taʼsis hujjatlari), kemaga mulk yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Arizani koʻrib chiqish va kemani roʻyxatga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdoridagi yigʻim undiriladi. Yigʻim kemachilik inspeksiyasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hujjatlarning matni aniq yozilgan, yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan eri toʻliq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlarda oʻchirilgan, qoʻshib yozilgan, yoxud chizilgan soʻzlar, izoh berilmagan oʻzgartirishlar mavjud boʻlgan, hamda ularning mazmunini bir xil tushunib boʻlmaydigan jiddiy shikastlangan hujjatlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kemani roʻyxatga qoʻyish uchun zarur hujjatlar ariza beruvchi tomonidan kemachilik inspeksiyasiga shaxsan yoki olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchiga kemani roʻyxatga olish uchun hujjatlarning roʻyxati va qabul qilingan sanasi qayd etilgan tilxat beriladi yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kemachilik inspeksiyasi kemani roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgandan soʻng oʻn kun ichida uni koʻrib chiqadi va kemaning koʻrsatkichlari arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq ekanligini aniqlash uchun kemani koʻzdan kechiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kemalar yuridik shaxs joylashgan yer boʻyicha roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kemani roʻyxatga olish quyidagi hollarda rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemani roʻyxatga olishni soʻrayotgan ariza beruvchining kemasi mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan kemalar tarkibiga kirmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlari lozim darajada rasmiylashtirilmaganda yoki ular toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kemani roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda ariza beruvchiga qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan yozma ravishda rad etish sababi koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi va xabarnomaning nusxasi hujjatlar jildiga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi kemani roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek kemachilik inspeksiyasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kema roʻyxatga olingandan soʻng kemaga mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq Kema guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kema guvohnomasi yoʻqolganda, kema egasining arizasiga asosan, unga yangi Kema guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kema guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va yoʻqolgan Kema guvohnomasining oʻrniga yangisini berish uchun Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining 0,5 barobari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kema reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kema reyestri kemachilik inspeksiyasi tomonidan yuritiladi. Kema reyestriga kemaning nomi (hozirgisi va oldingisi), joylashgan eri, chaqiruv signali (aralash (daryo-dengiz) suzish kemalari uchun), turi, vazifasi, klassi hamda asosiy texnik koʻrsatkichlari, shu jumladan yoʻlovchi sigʻimi, toʻla yuk koʻtarish qobiliyati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Kema reyestriga yuridik shaxsning toʻliq nomi va joylashgan eri koʻrsatiladi. Telefon, faks raqamlari va boshqa maʼlumotlar qoʻshimcha kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kema reyestrining ajralmas qismi boʻlib, roʻyxatga olingan kemalar, ularning egalari va berilgan Kema guvohnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan kemalarni hisobga olish kitobi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kema reyestrining har bir qatori kemaga berilgan xos raqam bilan belgilanadi. Kemalarning hisobini yuritish uchun toʻrt raqamli tartib raqamdan foydalaniladi, bunda birinchi raqam kemaning turi va vazifasini bildiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi tashuvchi kemalar — 1;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yurar kemalar — 2;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yurmaydigan kemalar — 3;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suzuvchan ponton koʻpriklar — 4;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus kemalar — 5 bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi uchta raqam tartib raqamini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarning xos raqamlari oldiga quyidagicha indekslar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UZ — daryo portlari va suv yoʻllari texnika uchastkalarining kemalari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
G — davlat tashkilotlarining kemalari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SPS — qutqaruv stansiyalarining kemalari uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kema reyestridagi har bir yozuv kemani roʻyxatga olgan mansabdor shaxsning familiyasi va ismini, yozuv kiritilgan sanani koʻrsatgan holda, uning imzosi bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kema reyestriga oʻzgartirish kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kema reyestriga oʻzgartirish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning joylashgan eri, nomi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kema egasi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kemani qayta jihozlash natijasida uning konstruktiv oʻlchamlari, quvvati va klassi oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs qayta tashkil etilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kemaga mulk huquqi yuridik shaxsning qayta tashkil etilganligi sababli oʻtganda, oʻzgartirish kiritish uchun asos boʻlib qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kema reyestriga har qanday oʻzgartirishlar kiritilganda kemaga yangi xos raqam beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kema reyestridan chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kema reyestridan quyidagi kemalar chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻkkan kemalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konstruktiv eskirgan kemalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta jihozlash yoki boshqa oʻzgartirish kiritish natijasida loyihaviy sifatini (muvozanat, suzuvchanlik, choʻkmaslik) yoʻqotgan kemalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga va taʼmirlashga yaroqsiz deb topilgan kemalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kemani mazkur Qoidalarning 30-bandida koʻrsatilgan sabablar bilan kema reyestridan chiqarish uchun, kema egasi kema roʻyxatga turgan manzildagi kemachilik inspeksiyasini bu haqda 10 kun muddat ichida yozma ariza bilan xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kema egasi kemani reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizaga Kema guvohnomasini ilova etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kema reyestrining maxsus ustunida kemani kema reyestridan chiqarilgan sanasi koʻrsatilib yozuv kiritiladi va kemani reyestrdan chiqargan kemachilik inspeksiyasining mansabdor shaxsi imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar kemaga mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtayotgan boʻlsa, maxsus ustunda kemani boshqa shaxsga oʻtganligi koʻrsatib oʻtiladi va yangi xos raqamga havola qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida ustunda oʻzgartirish kiritish uchun asos boʻlgan hujjatlarning nomi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ostida suzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kemaning Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ostida suzish huquqi kema reyestriga kiritilganidan soʻng paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kema Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi ostida suzish huquqini kema reyestridan chiqarilgan kundan boshlab yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh. TEShAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarni roʻyxatga olish qoidalariga
1-ILOVA

‎‎Kemalarni roʻyxatga oluvchi davlat organining nomi _____________________________
‎________________________________________________________________________

‎‎
‎‎ARIZA-ANKETA

‎‎Kema toʻgʻrisida maʼlumotlar:
‎1. Kema nomi: ____________________________________________________________

‎‎2. Kemaning oldingi nomi, oldingi roʻyxatga olgan joy va u bekor qilingan sana (agar ular mavjud boʻlsa): ______________________________________________________ ________________________________________________________________________

‎‎3. Kema joylashgan manzil __________________________________________________
4. Chaqiruv signali (aralash suzuvchi (daryo — dengiz) kemalar uchun) _________________
‎‎5. Suzishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi guvohnoma: _________________________________

‎‎(qachon, kim tomonidan berilgan, raqami)

‎‎_______________________________________________________________
‎‎6. Turi va vazifasi: ______________________________________________________
7. Kema klassi: ___________________________________________________________
‎‎8. Loyiha raqami: ________________ qurilgan yili va joyi _____________________
9. Qobiq materiali: _______________________________________________________
‎‎10. Bosh dvigatel (turi, soni, umumiy quvvati): ________________________________
‎_______________________________________________________________________

‎‎11. Kemaning gabarit oʻlchamlari: uzunligi _______ m, eni _______ m, toʻla yuk bilan suvga botishi ______ m, boʻsh holda suvga botishi _______ m, boʻsh holda suvga botishidan qurilmalari bilan eng katta balandligi ________ m. Belgilangan yuk koʻtarish qobiliyati:_________ tn, yoʻlovchi sigʻimi __________ kishi.

‎‎
‎Kema egasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
‎‎1. Tashkilot nomi ________________________________________________________ _______________________________________________________________________

2. Joylashgan eri ________________________________________________________ _______________________________________________________________________

‎3. Pochta manzili _________________________________________________________ _______________________________________________________________________
‎‎4. Telefon, faks (teleks, teletayp, e-mail) ______________________________________ _______________________________________________________________________

5. Davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami ___________________________ berilgan sanasi: _________________ kim to�onidan berilgan: _______________________________________________________________

6. STIR: ________________________________________________________________
‎‎7. Mulkchilik shakli: ______________________________________________________

8. Kemani roʻyxatga olish uchun asos___________________________________________

‎‎(shartnoma turi, raqami, sanasi)

‎‎9. Tashkilot (korxona) rahbari _______________

‎‎_______________________

(imzo)

‎‎(F.I.Sh.)

M.Oʻ. ‎

‎‎20___ y. “____” ___________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kemalarni roʻyxatga olish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎‎RESPUBLIKA
‎UZBEKISTAN

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining gerbi
‎Gerb Respubliki Uzbekistan

TNE REPUBLIC
‎OF UZBEKISTAN‎

‎‎
‎KEMA GUVONNOMASI
‎SUDOVOYE SVIDETELSTVO
‎SNIPʼS CERTIFICATE
‎DT ‎№ 0000

Oʼzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligining Kemachilik Registri va Kemachilik inspeksiyasi kemalar roʼyxatiga asosan quyida koʼrsatilgan kemaning egasi

‎‎Na osnovanii sudovogo reyestra Sudoxodnogo registra i Sudoxodnoy inspeksii Uzbekskogo agentstva avtomobilnogo i rechnogo transporta ukazannoye nije sudno prinadlejit

‎‎According to the ships list of the Shipping Register and Shipping inspection of the Uzbek Agency for Avtomobile and River Transport indicated below ship belongs to
‎________________________________________________________________________‎

‎1. Kema nomi yoki raqami
‎Nazvaniye sudna ili nomer __________________________________________________
‎Name of the ship or its number
‎‎2. Turi va xizmati
‎Tip i naznacheniye _________________________________________________________
‎Type and purpose
‎‎3. Roʼyxat №
‎Proyekt № _______________________________________________________________
‎Indicated №
‎‎4. Yil va qurilgan joyi
‎God i mesto postroyki _____________________________________________________
‎Year and Place of construction
‎‎5. Korpus materiali
‎Material korpusa ________________________________________________________
‎Material of hull
‎‎6. Kemaning gabariti:
‎Gabaritnie razmeri sudna:
‎Ship dimensions:
‎‎uzunligi
‎dlina _______ m
‎lenght
‎‎kengligi
‎shirina ______ m
‎width

Toʼla yuk bilan suvga botishi
‎osadka v polnom gruzu _______ m full draught

‎‎boʼsh holda botishi osadka porojnem ______ m draught without load
‎‎ustki qavati bilan eng balandligi (boʼsh holda botishidan)
‎naibolshaya visota s nadstroykami (ot osadki porojnem) ______ m.
‎max height with superstructure (from the draught without load)
7. Belgilangan yuk koʼtarishi _______ tonna, yoʼlovchi sigʼimi __________ kishi.
‎Ustanovlennaya gruzopodyemnost _____ tonn, passajirovmestimost _____ chelovek.
‎Gross tonnage ________ ton, passengers capacity _________ men. ‎‎
‎8. Suzish hududi
‎Rayon plavaniya __________________________________________________________
‎Region of sailing
‎‎Oʼzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʼi
‎Nachalnik Uzbekskogo agentstva avtomobilnogo i rechnogo transporta
‎Nead of the Uzbek Agency for Automobile and River Transport

‎‎
‎‎20___ y. “____” ______________‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son, 311-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)