Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.05.1991 yildagi PF-210-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AHOLIGA YORDAM KO‘RSATISh VA TABIIY OFAT OQIBATLARINI TUGATISh TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy ofatdan jabrlangan aholiga, ijarachilarga va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston SSR Moliya vazirligi va O‘zbekiston SSR Davlat sug‘urta boshqaruvi yetkazilgan zarar miqdorini qonunda belgilangan tartibda aniqlasin va uni jabrlangan aholiga to‘lasin, bu ishga joylardagi moliya, sug‘urta hamda boshqa tegishli idoralarni jalb etsin. Kompensatsiyalar to‘lash bir oylik muddat ichida tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi, xalq deputatlari viloyat, rayon va shahar Sovetlarining ijroiya komitetlari, qishloq, posyolka va ovul Sovetlari barcha mavjud manbalar va imkoniyatlar hisobidan jabrlangan aholiga aniq-ravshan moddiy yordam ko‘rsatishda bevosita qatnashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Aholiga, ijarachilarga va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga katta zarar yetganini e’tiborga olib, O‘zbekiston SSR Davlat sug‘urta boshqaruvi belgilanganidan tashqari, respublika va mahalliy budjetlardan har bir oilaga 300 so‘m miqdorida aniq bir maqsadga qaratilgan pul nafaqasi ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq I. H. Jo‘rabekov) tabiiy ofat yakson qilgan va yuvib ketgan ekinlarni tiklash maqsadida zarur miqdorda o‘g‘it, urug‘lik, ko‘chatlar va boshqa materiallarni aholiga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga sotish uchun izlab topsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston SSR Savdo vazirligi, O‘zbekiston SSR Davlat kooperativ ta’minot komiteti va O‘zbekiston SSR Qurilish sanoati materiallari vazirligi, Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya komitetlari aholiga hamda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarning egalariga tabiiy ofat natijasida vayron bo‘lgan uylar va boshqa inshootlarni tiklash uchun zarur binokorlik materiallarini birinchi navbatda ajratish va sotishni ta’minlasinlar. Bir haftalik muddatda ana shu maqsadlarda bozor jamg‘armalarini ko‘paytirish, bunga davlat jamg‘armalarini qayta taqsimlash ham kiradi, to‘g‘risidagi takliflar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika qurilish tashkilotlari uy-joy fondi va boshqa inshootlarni tiklashga zudlik bilan yordam bersinlar. O‘zbekiston SSR Iqtisod komiteti va O‘zbekiston SSR Moliya vazirligi ushbu qurilish tashkilotlarining shu yilgi reja-moliya ko‘rsatgichlariga tegishli tuzatishlar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston SSR Sog‘liqni saqlash vazirligi yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktika ishlarini tashkil etish uchun harakatchan guruhlar tuzib, ularni respublikaning tegishli mintaqalariga yuborsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston ASSR Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya komitetlari, rayon ijroiya komitetlari, qishloq, posyolka va ovul Sovetlari mehnatga layoqatli barcha aholini tabiiy ofat oqibatlarini tugatish yuzasidan bir haftalik umumxalq hasharini o‘tkazish uchun jalb etishga doir keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hukumat komissiyasi (o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov) O‘zbekiston SSR vazirliklari va idoralarining, joylardagi sovet hamda xo‘jalik idoralarini tabiiy ofat oqibatlarini tugatish, ajratilayotgan barcha moddiy va boshqa resurslarini o‘z vaqtida taqsimlash hamda uni jabrlanganlarga yetkazib berishga doir amaliy ishlarni muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston rahbariyati va hukumati respublikamizning butun aholisiga va birinchi navbatda jabrlanganlarga murojaat etib, respublikada tabiiy ofat zarar yetkazgan ishchilarning ahvolini yengillashtirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishiga, hech kim yolg‘iz qolmasligiga, har bir kishiga e’tibor berilishi va aniq yordam ko‘rsatilishiga sizlarni to‘la-to‘kis ishontiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonning mehnatkash xalqiga xos bo‘lgan yuksak intizomni, odamlar jipsligi va o‘zaro yordamni, har bir kishiga rahm-shafqat va mehr-muruvvatni kuchaytirish hozirgi kunda har qachongidan ko‘ra ko‘proq talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-210-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 133-modda)