03.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2591
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 03.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2591
Kuchga kirish sanasi
09.06.2014
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2591]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994-yil 20-oktabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni giyohvandlikdan majburiy davolashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 3-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-son

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ularni davolash maqsadida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining qabul boʻlimida shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan roʻyxatga olinadi va 3 kun ichida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar klinik, anamnestik, psixopatologik, somatonevrologik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkaziladi va ularga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan tashxis qoʻyiladi hamda individual ravishda davolash rejasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga muvofiq davolash rejasiga asosan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar dori vositalari hamda psixoterapevtik taʼsir oʻtkazish choralari bilan davolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga motivatsion intervyu, kognitiv-axloqiy, suggestiv, ratsional va psixologik (ijtimoiy psixologik va retsidivga qarshi) treninglar orqali psixoterapiya, tibbiy-ijtimoiy hamda kasbiy reabilitatsiya usullari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarda faol sil kasalligi mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash faol sil kasalligiga ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga asosan statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Statsionar kuzatuvda dori vositalarini qoʻllagan holda patogenetik va simptomatik davolash amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Statsionar kuzatuv yakunlangandan soʻng, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga ambulator kuzatuv tayinlanadi va tegishli davolash ishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Statsionar yoki ambulator kuzatuv davrida shaxsda unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga toʻsqinlik qiluvchi kasallik mavjudligi aniqlangan taqdirda, tibbiy komissiya tomonidan berilgan xulosaga muvofiq tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash vaqtinchalik toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hukm qilingan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortsa, tibbiyot boʻlimi boshligʻi jazoni ijro etish muassasasi boshligʻini bu haqda yozma ravishda darhol xabardor qiladi. Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortgan hukm qilingan shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qoʻrilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash jazoni ijro etish muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasiga asosan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tibbiy komissiya xulosasiga asosan oʻn kun ichida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatishni soʻrab tegishli sudga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda tibbiy xulosa va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi mazkur murojaatga ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiy xulosadagi maʼlumotlar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator varaqasiga qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati narkologik kasallikdan (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini ularning ozod etilganligi toʻgʻrisida oldindan xabardor etadi. Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator kartasidan koʻchirma ham yuboriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 2-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)