Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2017 08.05.2014 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.10.2017
Hujjat 29.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi 787-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-iyuldagi PQ-3166-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 24-fevraldagi 38-son qaroriga muvofiq, shuningdek shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar shartnomalar, eksport kontraktlari va qoʻshimcha bitimlarni tuzishda hamda keyinchalik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 8-maydagi 117-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari (keyingi oʻrinlarda sanoat yarmarkalari deb ataladi) doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilgan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalarni, shuningdek Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Mahalliylashtirish dasturi deb ataladi) doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma — Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida yozma shaklda tuziladigan bitim, unga muvofiq bir tomon mahsulotlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish majburiyatini, boshqa tomon esa mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni qabul qilish va ular uchun haq toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontrakti — Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) yozma shaklda tuzilgan bitim, shu jumladan maqsad bayonnomasi, doiraviy bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsad shartnomasi — Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari oʻrtasida mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) yoki mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirish va keyinchalik oqilona muddat mobaynida shartnoma tuzish boʻyicha shartnoma asosida hamkorlik qilish haqida tomonlarning birgalikdagi maqsadi toʻgʻrisida yozma shaklda tuzilgan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha bitim — shartnoma yoki eksport kontrakti tomonlari oʻrtasidagi ularning shartlarini oʻzgartiruvchi bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — shartnoma, eksport kontrakti yoki maqsad shartnomasi tomoni (sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yetkazib berishda — xaridor, eksportga yetkazib berishda — mahsulot ishlab chiqaruvchi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yarmarka qatnashchisi — qatnashish uchun Direksiyaga buyurtmanoma bergan yoki tegishli vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining buyurtmanomasida tarmoq sanoat yarmarkasi yoki Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining qatnashchisi sifatida koʻrsatilgan, yoxud tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan hududiy sanoat yarmarkasi qatnashchisi sifatida qatnashchilar roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrdan koʻchirma — Direksiyaning vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadigan hujjat, unda shartnoma yoki eksport kontrakti boʻyicha mahsulotlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan kalendar yil oxirigacha boʻlgan muddatda amal qiluvchi reyestr satriga muvofiq yozuv mavjud boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlariga muvofiq sanoat yarmarkalari doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xomashyo va materiallarni, shu jumladan mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini xarid qilish, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni sotib olish barcha mahalliy isteʼmolchilar uchun qoʻshimcha tendyerlar oʻtkazmasdan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat yarmarkalari doirasida yarmarka qatnashchilari bilan tuzilgan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldin Direksiyadan roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarga ularning ajralmas qismi hisoblanadigan qoʻshimcha bitimlar Direksiyada roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyada tomonlarning xohishiga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalar va ularga qoʻshimcha bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar ham roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanoat yarmarkalari doirasida yarmarka qatnashchilari bilan tuzilgan maqsad shartnomasi Direksiyada hisobga olinadi (reyestrga kiritiladi). Maqsad shartnomasi asosida tuzilgan shartnoma Direksiyada roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Shartnomalar, eksport kontraktlari va qoʻshimcha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, shuningdek maqsad shartnomalarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shartnomalar, eksport kontraktlari va qoʻshimcha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza beruvchi Direksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 1a yoki 1b-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza, qoʻshimcha bitim taqdim etilgan taqdirda — xat shaklidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma, shartnomaga qoʻshimcha bitimning asl nusxasi va nusxasi yoki eksport kontrakti, eksport kontraktiga qoʻshimcha bitimning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning bank hisob raqamiga vositachilik haqining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (kvitansiya) (eksport kontraktini yoki unga qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazishda ariza beruvchi kichik tadbirkorlik subyekti hisoblangan hollar bundan mustasno).
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 47-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maqsad shartnomasini hisobga qoʻyish uchun ariza beruvchi Direksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maqsad shartnomasini hisobga qoʻyish toʻgʻrisida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsad shartnomasining asl nusxasi va uning nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hududiy sanoat yarmarkalari doirasida shartnomalar tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli yarmarkalarni oʻtkazish davrida ularning tashkilotchilariga beradilar. Bunda hududiy sanoat yarmarkalarining tashkilotchilari hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladilar, roʻyxatning nusxasini hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga topshiradilar va ikki ish kuni mobaynida ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Direksiyaga beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ariza beruvchi tomonidan Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi, tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni Direksiyaga berish muddati tegishli yarmarkalarning ish davri boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalarga, maqsad shartnomalari asosida tuzilgan shartnomalarga hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazish uchun istalgan vaqtda Direksiyaga beriladi. Qoʻshimcha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar shartnomaning amal qilishi muddati mobaynida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hujjatlar Direksiyaning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shartnomani, eksport kontraktini yoki qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazishda Direksiya tomonidan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga va eksport qilishga shartnomalar (kontraktlar) tuzishda xoʻjalik subyektlariga koʻmak berish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida vositachilik haqi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi kichik tadbirkorlik subyekti hisoblangan taqdirda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani yoki unga qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazishda vositachilik haqi toʻlov kunida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida undiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport kontraktini yoki unga qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazishda vositachilik haqi undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vositachilik haqi shartnoma (eksport kontrakti) tomonlaridan biri yoki boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organ tomonidan toʻlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 47-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 78-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma yoki maqsad shartnomasi sanoat yarmarkalari davrida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga (ishlarni bajarishga, xizmatlar koʻrsatishga) yarmarka qatnashchisi bilan tuzilgan boʻlishi yoki shartnoma boʻyicha Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) nazarda tutilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma yoxud xat matnida yetkazib beriladigan mahsulot yetkazib beruvchining oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini tasdiqlaydigan qayd mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati tegishli yarmarka boʻlib oʻtgan yil oxirida, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan shartnomaning amal qilish muddati esa — keyingi yilning oxirida tugaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar zarur tarzda rasmiylashtirilgan va ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etilgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Eksport kontrakti va qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar zarur tarzda rasmiylashtirilgan boʻlishi va ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi hamda shartnoma, eksport kontrakti va qoʻshimcha bitim shartlarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi uchun shartnoma, eksport kontrakti tomonlari javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Shartnomalarni Direksiyada roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shartnomalar, eksport kontraktlari va qoʻshimcha bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish Direksiya tomonidan ular berilgan yoxud hududiy sanoat yarmarkalari savdolarining tashkilotchilaridan olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 13 va 14-bandlari talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda shartnoma yoki oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga qoʻshimcha bitim shartnomalar reyestriga kiritiladi, unga roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami beriladi va shartnoma yoki qoʻshimcha bitimning har bir sahifasiga Direksiyaning vakolatli shaxsi imzosi qoʻyilgan holda tegishli shtamp bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda eksport kontrakti yoki oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontraktiga qoʻshimcha bitim eksport kontraktlari reyestriga kiritiladi va unga roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 13 va 14-bandlari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda Direksiya hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida ariza beruvchiga shartnoma yoki qoʻshimcha bitimni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslangan xulosani yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi fikr-mulohazalar va kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin hujjatlarni tegishli xat bilan birga Direksiyaga takroran taqdim etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shartnoma yoki oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaga qoʻshimcha bitimning roʻyxatdan oʻtkazilgan asl nusxasi ariza beruvchining vakiliga u shaxsni va shaxsning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni (ishonchnoma) taqdim etgach beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma tomonlardan birining murojaati boʻyicha Direksiya tomonidan ikki ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shartnomalar reyestridan koʻchirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontrakti yoki oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan eksport kontraktiga qoʻshimcha bitim boʻyicha ariza beruvchining vakiliga ushbu Nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha eksport kontraktlari reyestridan koʻchirma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Shartnoma, eksport kontrakti yoki qoʻshimcha bitimni reyestrdan chiqarish, shartnoma tomonlaridan birining yozma talabiga koʻra yoki shartnoma tomonlarini (eksport qilishga shartnoma tuzilgan taqdirda — eksport qiluvchini) yozma xabardor qilgan holda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni
yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro
sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi
Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish
‎(maqsad shartnomasini hisobga qoʻyish) ‎toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎____________________________________________________________

‎‎(korxonaning nomi)

‎‎quyidagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berishga shartnomani ‎‎ roʻyxat-

dan oʻtkazishingizni (maqsad shartnomasini reyestrga kiritishingizni) soʻraydi:

‎‎‎Sotib olinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎‎‎‎ ‎‎
‎‎TIF TN boʻyicha kodi
‎‎Xaridor
‎‎Xaridorning STIR
‎‎Xaridorning idoraviy mansubligi‎
‎‎Ishlab chiqaruvchi
‎‎Ishlab chiqaruvchining STIR‎‎
‎‎Ishlab chiqaruvchining idoraviy mansubligi

‎‎Ushbu arizaga ___________ sanadagi ____ raqamli (____ varaqli) ‎‎shartnoma va uning

nusxasi ilova qilinadi.

Oʻz ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni ‎‎Xalqaro sanoat

yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishtirilgan.

‎‎Rahbar (yoki __________ sanadagi ______raqamli ishonchnoma asosida vakolatli shaxs)
‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.) Imzo/Muhr

‎‎Ariza berilgan sana

‎‎201__yil “____” ___________

‎‎Telefon: ________________
‎‎Faks: ____________________
‎‎Tashkilotning e-mail: _________
Tashkilot saytining manzili: www.___________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni
yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro
sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi
Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Eksport kontraktini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎____________________________________________________________

(eksport qiluvchi korxonaning nomi)

quyidagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berishga eksport kontraktini

roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻraydi:
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) nomi ‎‎
‎‎TIF boʻyicha TNkodi
‎‎Xaridor
Xaridorning mamlakati
‎‎Ishlab chiqaruvchi
‎‎Ishlab chiqaruvchining STIR‎‎
‎‎Ishlab chiqaruvchining idoraviy mansubligi

Ushbu arizaga __________ sanadagi ___ raqamli (____ varaqli) eksport kontrakti va

uning nusxasi ilova qilinadi.

Oʻz ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni ‎‎Xalqaro sanoat

yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishtirilgan.

‎‎Rahbar (yoki __________ sanadagi ______raqamli ishonchnoma asosida vakolatli shaxs)
‎‎___________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.) Imzo/Muhr

‎‎Ariza berilgan sana

‎‎201__yil “____” ___________

‎‎Telefon: ________________
‎‎Faks: ____________________
‎‎Tashkilotning e-mail: _________
Tashkilot saytining manzili: www.___________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni
yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro
sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi
Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShARTNOMALAR REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r ‏
Shartnomaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami‎‏‎ Vazirlik,
‎idora va xoʻjalik birlashmasi-
ning nomi‎‏
Xaridor‎‏‎ Xaridorning STIR‎‏‎ Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmasining nomi‎‏‎ Ishlab chiqaruvchi‎‏‎ Ishlab chiqaruvchining STIR‎‏‎ Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)‎‏‎ Oʻlchov birligi‎‏‎ Shartnoma boʻyicha hajmi‎‎ TIF TN kodi‎‏‎
miqdori‎ summasi (QQSsiz mln soʻm)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni
yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro
sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi
Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKSPORT KONTRAKTLARI REESTRI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‏
Eksport kontraktining roʻyxatdan oʻtkazish raqami‎‏‎ Vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmasining nomi‎‏‎ Ishlab chiqaruvchi ‎‏‎ Ishlab chiqaruvchining STIR‎‏‎ Xaridor‎‏‎ Xaridorning mamlakati‎‏‎ Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) nomi‎‏‎ Oʻlchov birligi‎‏‎ ‎‎‎Shartnoma boʻyicha hajmi Eksport qiluvchi‎‏‎ TIF TN kodi‎‏‎
miqdori‎ summasi (ming AQSh dollari)‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 223-modda; 2016-y., 8-son, 78-modda; 2017-y., 12-son, 189-modda)