Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.2000 23.12.1994 yildagi PF-1026-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.04.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

TOShKENT MOLIYA-QURILISh KORPORATSIYASI (“TOShKENTUYJOYINVESTQURILISh”)NI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 11-apreldagi PF-2572-son “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshuyjoyinvestqurilish”)ni tugatish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining va xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan Toshkent shahrida uy-joylar hamda ijtimoiy infrastruktura inshootlari qurilishi hajmlarini ko‘paytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi “Toshkentqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi — “Toshkentuyjoyinvestqurilish”ga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs hisoblanadi va ochiq usuldagi aksionerlik birlashmasi shaklida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, binokorlik sanoatining qurilish tashkilotlari, korxonalarini, kredit-moliya muassasalarini, investitsiya tashkilotlarini, jumladan ana shunday xorijiy muassasa va tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy obligatsiya zayomlarini chiqarish huquqiga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliya faoliyatiga oid masalalarni mustaqil ravishda hal etadi, markazlashtirilgan zaxira, sug‘urta jamg‘armalari hamda boshqa jamg‘armalarni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatida Toshkent shahar hokimligiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi boshqaruvining raisi o‘z lavozimiga ko‘ra Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy hamda ijtimoiy infrastruktura qurilishining investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sertifikatlarini chiqarish va sotish yo‘li bilan uy-joylar qurilishi uchun aholi mablag‘larini jamlash (bunday sertifikatlar ularning egalariga qat’iyan belgilangan muddatlarda shinam kvartiralarni kafolatli tarzda sotib olish huquqini beradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar va ijtimoiy infrastruktura inshootlari qurilishi uchun sarmoyalarni jalb etish, jumladan ko‘chmas mulk obyektlarini garovga qo‘yib shunday qurilishlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aholining mablag‘larini jamlash va ulardan samarali foydalanish, qurilish inshootlarini pul va kredit bilan ta’minlash hamda “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi faoliyatiga moliya-kredit xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni hal qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporatsiyaning tarkibida “O‘zsanoatqurilishbank”ning qurilish bo‘limi negizida “Toshsotsuyjoybank” aksionerlik-tijorat banki tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasiga, “O‘zsanoatqurilishbank” aksionerlik-tijorat bankiga, “O‘zbekinvest” Milliy sug‘urta kompaniyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Toshsotsuyjoybank” aksionerlik-tijorat bankining muassislari bo‘lish tavsiya qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki “Toshsotsuyjoybank” tijorat investitsiya bankini tashkil etishda “Toshkentuyjoyinvestqurilish” moliya-qurilish korporatsiyasiga yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 8-fevraldagi 558-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1026-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 47-modda; 2000-y., 4-son, 117-modda)