Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 27-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 24-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “ularning faoliyatiga doir hisobotlarini tinglash” degan soʻzlar “ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi”;
beshinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda) 8-moddasi birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21) parlament nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 8-moddasi birinchi qismining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21) parlament nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda) 22-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
toʻrtinchi — oʻn birinchi qismlar tegishincha beshinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 18-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod Senatda uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlar tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda) 4-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi”;
uchinchi — toʻqqizinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 16-aprel,
OʻRQ-367-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 177-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)