Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Nukus shahrini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
Mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi, murakkab ekologik sharoitga qaramasdan, hayotning koʻplab sohalarida yuqori natijalarga erishayotgani, yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida shahar ahli amalga oshirayotgan katta ishlarni inobatga olib hamda 70 yilligi munosabati bilan Nukus shahri “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-sentabr,
PF-3314-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 159-modda)