Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2012-yil 30-mayda Ashxobod shahrida imzolangan 1992-yil 9-oktabrdagi Xalqaro Hamdoʻstlik Mamlakatlariga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi depozitariyga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrsatilgan xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-dekabr,
PQ-1880-son