30.08.1995 yildagi 102-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SAYLOVChILAR FIKRINI OʻRGANISh YuZASIDAN OLIY MAJLISNING IKKINChI SESSIYASIDA TUZILGAN KOMISSIYANING AXBOROTI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy Majlis ikkinchi sessiyasida tuzilgan Komissiya respublikaning olti milliondan ortiq fuqarosi fikrini oʻrganib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning referendum orqali uzaytirilgan vakolatlari muddatini prezidentlik lavozimida boʻlishini ikkinchi muddat deb eʼtirof etish toʻgʻrisida bayonotini saylovchilarning mutlaq koʻpchiligi qoʻllab-quvvatlamadi degan xulosaga kelganligi haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat jamoalarida va aholi turar joylarida boʻlib oʻtgan 22 mingdan ortiq yigʻilishlarda, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida taʼkidlandiki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hamda Referendum toʻgʻrisidagi Qonunning tegishli moddalari mazkur masala yuzasidan oʻzgacha qaror qabul qilish uchun asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qonun hujjatlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2, 7 va 9-moddalarida hamda Referendum toʻgʻrisidagi Qonunning 1-moddasi) amal qilib va Komissiya xulosasida bayon etilgan saylovchilar fikrini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining referendum orqali uzaytirilgan vakolatlari muddatini prezidentlik lavozimida boʻlishining ikkinchi muddat deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi bayonotida izhor etgan iltimosi maqbul emas va shu bilan mazkur masala muhokamasi tugagan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 30-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 177-modda)