Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 23.02.2007 yildagi PQ-591-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng qadimiy va asl milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish Navro‘z mustaqillik yillarida yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar uchun tom ma’nodagi umumxalq bayramiga aylandi. Navro‘z ruhi va falsafasi odamzotni tabiat bilan uyg‘un yashashga, jamiyatimizda mehr-oqibat, do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ayniqsa e’tiborlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi paytda bu bayramni barcha hudud va mintaqalarimizda, mahalla va mehnat jamoalarida Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi 128-sonli qarorida belgilangan tartibda, mahalliy iqlim va tabiiy sharoitdan kelib chiqqan holda, katta shodiyona bilan nishonlash yaxshi an’anaga aylanib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu yilgi Navro‘z bayramini ham har tomonlama yuksak darajada, uyushqoqlik va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mustaqillik kuni va Navro‘z umumxalq bayramlarini tashkil etish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Navro‘z bayramini hamda bayram tomoshalarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy, madaniy-ma’rifiy ishlar dasturini, joylarda jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda joylarda bayram tadbirlarini xalq sayillari va ommaviy sport o‘yinlari shaklida tashkil etish, ularda aholining keng qatlamlari ishtirok etishini ta’minlash maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar uyushtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlarni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tadbirlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va iste’dodli estrada xonandalarini tanlov asosida jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim sanoat inshootlari va ijtimoiy obyektlarni “Navro‘z” umumxalq bayramigacha ishga tushirishni o‘z vaqtida tugallash uchun tegishli tadbirlarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2003-yil 13-yanvardagi 15-son qarori talablari asosida Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish uchun joylarda jamoat tartibini saqlash, yong‘in va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy budjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jaliklar, jamg‘armalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika “Mahalla” jamg‘armasi, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda jamoatchilik vakillarining 2006-yil mart oyida mamlakatimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligini hamda 10-11-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarni obodonlashtirish, “Ijtimoiy himoya yili” dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, xususan, “Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylari va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va ularni zarur asbob-uskunalar, inventarlar bilan jihozlashga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida vazirliklar, idoralar hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, tashkilot va muassasalar ishchi-xizmatchilarining “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari hisob raqamlariga bir kunlik ish haqi miqdorida mablag‘ o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, R. Shreder nomidagi ilmiy-ishlab chiqarish korporatsiyasi, O‘rmonchilik ilmiy-tadqiqot instituti mahallalar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish va yangi bog‘-rog‘lar barpo etish uchun zarur bo‘lgan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini tegishli tashkilotlarga buyurtma asosida o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng ko‘lamda yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 23-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-591-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 2-son, 87-modda)