O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayoti, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:
1. 2006-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 30-dekabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi murojaatini inobatga olib, 2006-yil 30-dekabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
2. Mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-dekabr,
PQ-537-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 717-modda)