OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARI, GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1798-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 19-modda) asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2008-yil 24-martdagi 43-sonli “Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi muvaqqat yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1798, 2008-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 18-son, 149-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais S. ARABOV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-fevral,
1-n-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 7-son, 78-modda)