Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Davlatlararo valyuta qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida 1995-yil 26-maydagi Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqida MDH davlatlari rahbarlari Kengashining majlisida 2013-yil 25-oktabr kuni Minsk shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillari bajarilgani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-fevral,
PQ-2119-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 65-modda)