Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.08.1997 yildagi 401-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-martdagi “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 82-sonli qarorining Toshkent shahar hokimligi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining Toshkent shahri bozorlarida o‘rganib chiqish natijalari joylarda mazkur qarorning qoniqarsiz bajarilayotganligini ko‘rsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi va davlat mulkini boshqarish organlari bozorlar va yarmarkalar negizida tuzilgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlarini tashkil qilishda yuzakichilikka yo‘l qo‘yganlar. Hissadorlik jamiyatlari nomigagina tuzilgan, jamiyat a’zolarida mulkka egalik hissi uyg‘otilmagani sababli aksariyat bozorlarda aksiyalarning 6 — 10 foizigina sotilgan xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy hokimiyat rahbarlari va soliq organlari xodimlarining o‘z vazifalariga bo‘lgan mas’uliyatsizliklari va qat’iyatsizliklari oqibatida bozorlardan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish, hisob-kitob ishlari qattiq nazoratga olinmagan. Ular ayrim hollarda bozorlardagi moddiy javobgar shaxslar bilan birlashib ketganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlarda sotuvchilar, dehqonlar va xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilmagan. Ulgurji xarid qilishga ixtisoslashgan bo‘linmalar mutlaqo faoliyat ko‘rsatmayaptilar. Ular tomonidan mahsulot yetishtiruvchilar bilan shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari tuzish ishlari qoniqarsiz ahvolda. 1996-yilda 3231 tonna mahsulot uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha amalda faqat 124 tonna mahsulot olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning oqibatida bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi yuqoriligicha qolmoqda, olib-sotarlar yakkahukmron bo‘lib qolganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlarda poraxo‘rlik, ta’magirlik, noqonuniy valyuta operatsiyasi, mansabni suiiste’mol qilish kabi huquqbuzarliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi ro‘y berayotgan bunday salbiy holatlarga murosasozlik qilib kelganlar, ularga qarshi amaldagi qonunlar asosida keskin chora-tadbirlarni ko‘rmaganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya xodimlarining mas’uliyatsizligi, qat’iyatsizligi oqibatida bozorlarning deyarli barchasida sanitariya holati talabga javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, tumanlar hokimliklari bu boradagi ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganlar. Shu soha kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yishta befarq munosabatda bo‘lganlar. Bozor tizimining rahbarlik lavozimlariga kadrlarni qo‘yishda tanish-bilishchilik, oshna-og‘aynigarchilik va mahalliychilikka yo‘l qo‘yilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xuddi shunday ahvol Respublikaning deyarli barcha viloyatlar bozorlarida ham aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimi K. To‘laganovga Vazirlar Mahkamasining “Bozorlarning faoliyatini va ularni boshqarishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishini to‘la ta’minlanmaganligi, oziq-ovqat va buyum bozorlarini tartibga solish, bozorlarda savdoni tashkil etish, shahar aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, soha kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tilsin va bu masalada tuman hokimlarining javobgarligi ko‘rib chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozorlar faoliyatini boshqarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun “Toshbozorsavdo” uyushmasining raisi Sh. Abdullayev va shahardagi 11 ta bozor hissadorlik jamiyatlari raislarining egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinganliklari inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir oy muddat ichida bozor tizimi rahbarlari va mas’ul xodimlarini ko‘rib chiqib munosib kadrlar hisobiga to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazir o‘rinbosari M. Usmonovga ushbu qarorning bajarilishini yetarli nazorat qilmaganligi, Toshkent shahar va viloyatlar bozorlari faoliyatlarida vujudga kelgan vaziyatni o‘z vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika Prokuraturasi (B. Mustafoyev), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Davlat mulkini boshqarish (V. Chjen), Respublika Bosh sanitariya vrachi B. Niyozmatov qarorning bajarilishini ta’minlash, bozorlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va turli qonunbuzarliklarning oldini olishning qat’iy choralarini ko‘rib chiqib, doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika soliq qo‘mitasi (V. Beganov)ga bozorlardan tushadigan daromadlarni shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, soliq organlari xodimlarining mas’uliyatlarini oshirish choralarini belgilash topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir oy muddat ichida bozorlar faoliyatini nazorat qiluvchi mahalliy soliq organlari xodimlarining mas’uliyatlari ko‘rib chiqilib chora ko‘rilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bozorlar faoliyatini tashkil qilish va boshqarishda yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, Vazirlar Mahkamasi qarorining bajarilishini to‘la ta’minlashga shaxsan javobgar ekanliklari ta’kidlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika Prezidenti Davlat maslahatchilari tashkiliy-kadrlar siyosati va nazorat inspeksiyasi rahbari xizmatlarining mazkur masala yuzasidan tayyorlagan ma’lumotnomasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga ko‘rib chiqib tegishli choralar belgilash uchun yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Alimovga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 15-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401-son