O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Namangan viloyati Pop tumanining “Oqtau” massividagi yaylovlardan Farg‘ona viloyatiga uzoq muddat bilan yer ajratish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Farg‘ona viloyati tomonidan ko‘p yillardan beri Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Oqtau” massivida 48 ming gektar yaylovdan foydalanib kelinganligi hamda Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yaylov yerlar tanqisligini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyati Pop tumanining “Oqtau” massividagi yaylov yerlardan 25.0 ming gektari Farg‘ona viloyatiga 25 yil muddatga foydalanish uchun qoldirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga Farg‘ona viloyatining chorva mollarini olib o‘tish joylarini belgilash yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-iyun,
289-son