Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1918-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 354-son “Havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 16-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 2-fevraldagi 8-son “Oʻzbekiston Respublikasining “Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash” aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-145TXK)ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1918, 2009-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 125-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-yanvar,
38-N-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 63-modda)