O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASIGA RESPUBLIKA IQTISODIYOTINI BARQARORLAShTIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA VAKOLATLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Qirg‘iziston Respublikasi Oliy Kengashi milliy valyuta joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy bank, viloyatlarning hokimlari va Toshkent shahri hokimi, tegishli vazirliklar, idoralar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda respublikada pul muomalasi ustidan nazorat qilish, aholi va iste’mol bozorini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, tovarlarni kuponlar, cheklar va chekdaftarchalari bo‘yicha sotishning belgilangan tartibiga qat’iy rioya etish, tovar moddiy boyliklarni O‘zbekistondan tashqariga g‘ayriqonuniy ravishda olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan jadal chora-tadbirlar ko‘rsin.
Boshqa shu kabi vaziyatlar yuzaga kelgudek bo‘lsa, shuningdek Rossiya ko‘radigan choralar O‘zbekistonga ziyon yetkazsa respublika o‘z milliy valyutasiga o‘tishi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
883-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 267-modda)