Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.08.1994 yildagi 418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilning birinchi yarim yilligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yakunlari va ularning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, 1994-yilning birinchi yarim yilligida respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi Farmonida va Hukumatning keyingi qarorlarida belgilab berilgan iqtisodiy islohotlar ustuvorliklariga muvofiq amalga oshirib borildi. Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning xo‘jalik mustaqilliklarini kengaytirish, tashabbus va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davrda ma’lum iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishga muvaffaq bo‘lindi. Yoqilg‘i-energetika majmui, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining ko‘pgina korxonalari barqaror ishlab kelmoqdalar. Respublika energetika resurslari, neft, gaz, ko‘mir va energiya ishlab chiqarish ko‘paydi. Oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hajmi 12.4 foiz o‘sdi. Respublikaning davlat budjeti daromadlar bo‘yicha 4128.6 mlrd so‘m-kupon, xarajatlar bo‘yicha esa 4503.6 mlrd so‘m-kupon bajarildi. Davlat budjeti taqchilligi miqdori belgilangan chegarada saqlanib turibdi. Milliy valyutani joriy etishning dastlabki iqtisodiy va tashkiliy zaminlari yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyotida ijobiy tarkibiy siljishlar ko‘zga tashlanmoqda. Davlatga qarashli bo‘lmagan sektor ulushi ortmoqda. 300 ming gektardan ortiq yer dehqon (fermer) xo‘jaliklariga foydalanish uchun berildi. Ichki yalpi mahsulot tarkibidagi xizmat sohasining ulushi ortib bormoqda. Sanoat mahsuloti hajmidagi iste’mol tovarlari salmog‘i o‘smoqda. Don, kartoshka, sabzavot ekinlari maydonlari kengaymoqda. Respublikaning tashqi savdo balansi ijobiy bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, iqtisodiy islohot jarayonlari hali o‘zining yetarli rivojini topganicha yo‘q. Bir qator tarmoqlarda davlat mulkini xususiylashtirish yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangi iqtisodiy munosabatlar, ayniqsa, qishloqda sust joriy qilinmoqda. Eskicha ishlash prinsiplari va uslublari, boqimandalik psixologiyasi barham topganicha yo‘q. Korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro to‘lanmagan summalar darajasi yuqoriligicha qolib kelmoqda, ishlab chiqarish xarajatlari o‘smoqda. Inflyatsiya darajasini kamaytirishga erishilgani yo‘q.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qator tarmoqlarda, ayniqsa, kimyo sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarishning pasayishi bartaraf etilmagan. Eksport qilinayotgan mahsulot hajmi respublikaning eksport imkoniyatlariga mos kelmaydi. Qo‘shma korxonalar faoliyatlari sust rivojlanmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmi yaxshi ishlanmagan. Shakllanayotgan bozor infrastrukturasi iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga hali sezilarli ta’sir etganicha yo‘q.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, shu yilning 1-iyulidan boshlab milliy valyutaning joriy etilishi munosabati bilan respublikada yuzaga kelgan sifat jihatidan yangi iqtisodiy vaziyatni hisobga olib, shuningdek xalq xo‘jaligining 1994-yil birinchi yarim yilligidagi rivojlanish yakunlari tahlilidan kelib chiqib, quyidagilarni bundan keyingi iqtisodiy rivojlantirish va islohot jarayonini chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“So‘m”ning barqaror muomalada bo‘lishini va uning ichki erkin muomaladagi valyutaga aylanishini, xarid qobiliyatini oshirishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xarajatlarini cheklash, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o‘tkazish, kredit va naqd-pul emissiyasini qisqartirish yo‘li bilan inflyatsiya darajasini keskin kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish, ularni ishlab chiqarish va respublikaga chetdan keltirish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni raqobat qila oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish, ularning xo‘jalik aloqalarini qayta yo‘llash, eksport tuzilmasini takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni samarali jalb qilish hisobiga respublikaning eksport imkoniyatlarini sezilarli kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
makroiqtisodiy tartibga solish chora-tadbirlaridan keng foydalanib, tarkibiy qayta o‘zgartirishning faol siyosatini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mo‘ljallangan ustuvorliklarning amalga oshirilishini, iqtisodiyotning barqaror ishlashini va iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muomalada bo‘lgan pul masalasini qat’iy cheklashni, inflyatsiyani shu yilning oxiriga qadar kamida 10 foiz darajasigacha kamaytirish maqsadida uni chorakma-chorak tartibga solishni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklari bilan birgalikda shu yilning uchinchi choragi yakunlari bo‘yicha ish haqi fondini davlat tomonidan tartibga solish holatini tahlil qilib chiqsin va mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan mustahkamlanmagan ish haqining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikning zarur chora-tadbirlarini ko‘rsin. Qilingan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga shu yilning 1-noyabrigacha ma’lumot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbeksavdo”, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmalari, O‘zbekbirlashuv, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari respublika iste’mol bozorini tovar bilan to‘ldirishning tasdiqlangan Dasturini amalga oshirishda har bir mintaqada naqd-pul massasini tovar bilan qoplanish muvozanatini ta’minlashga alohida e’tibor bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ko‘rilayotgan mehmonxona majmuilarini xorijiy investorlarga sotish masalasini hal qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtotrans” korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda shu yilning 1-sentabrigacha davlat yuk avtomobillari va avtobuslarini fuqarolarga shaxsiy mulk qilib sotish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasida eksperiment tartibida zarar ko‘rib ishlaydigan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlarini, ularning negizida dehqon xo‘jaliklari uyushmalarini tashkil etib, meros qoldirish huquqi bilan uzoq muddatli ijaraga berishni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi va manfaatdor boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir hafta muddatda ko‘rsatilgan tadbirni o‘tkazish bo‘yicha ishchi komissiyasi tarkibiga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi ishtirokida shu yilning 1-noyabrigacha 1995-yil uchun MDH mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy bitimlar loyihalarini tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, ularda respublika uchun hayotiy muhim bo‘lgan mahsulotlarning kliring asosida yetkazib berilishini nazarda tutsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, korporatsiyalar, uyushmalar va konsernlar bilan birgalikda shu yilning 1-dekabrigacha korxonalarning raqobat qila oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va eksportni kengaytirish bo‘yicha haqiqiy imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ularni pasportlashtirishni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi bilan birgalikda shu yilning 25-avgustigacha 1995-yilda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotni shakllantirish, joylashtirish va yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shu yilning 20-avgustigacha 1994-yilgi investitsiya dasturini qayta ko‘rib chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, kredit emissiyasini cheklash asosida unga tuzatishlar kiritsin, unda faqat ishga tushiriladigan ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qoldirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining majmuilari vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida 1994/95 yil kuz-qish davrida korxonalarning uzluksiz ishlashlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni 10-sentabrga qadar ko‘rib chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalarda yonilg‘i zaxiralarini yaratishga alohida e’tibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy gazdan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlarda shu yilning uchinchi choragida mazut, ko‘mir va yonilg‘ining boshqa turlarining qish davrida rezerv ish rejimiga o‘tishni ta’minlovchi miqdordagi zarur bo‘lgan zaxirasi yaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
418-son