Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.07.1994 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yong‘indan saqlashni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi xalq xo‘jaligi tarmoqlari obyektlarini, ma’muriy, uy-joy va boshqa binolarni yong‘indan saqlashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari xodimlarining umumiy soni Toshkent shahrining harbiylashtirilgan yong‘indan saqlash xizmatiga qo‘shimcha ravishda 70 nafar xodim qo‘shgan holda ko‘paytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qo‘shimcha ravishda qo‘shilgan xodimlarning joriy yildagi ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1994-yil uchun nazarda tutilgan umumiy mablag‘lar hisobiga amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi harbiylashtirilgan yong‘indan saqlash xizmatini qo‘shimcha ravishda mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik organlari bilan birgalikda ularga qarashli obyektlar va hududlarni yong‘indan saqlash yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha ishlarni kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381-son