O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga va “O‘zdehqonchilik-sanoatbank”ka kredit resurslari ajratish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi Farmoniga muvofiq hamda ish haqi va pensiyalarning milliy valyutada oldindan to‘lanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolati bilan ikki oy muddatga 304,2 mlrd so‘m-kupon miqdorida foizsiz kredit;
“O‘zdehqonchiliksanoatbank”ka qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlayotganlarning mehnatiga haq to‘lash uchun 1994-yil 1-dekabrdan boshlab qaytarish muddati bilan 220 mlrd so‘m-kupon miqdorida imtiyozli (50 foizlik yillik foydasi bilan) kredit resurslari ajratish tavsiya qilinsin.
2. “O‘zdehqonchiliksanoatbank” ajratilgan kredit resurslarining ikki tomonlama garov shartnomalari asosida qat’iy maqsadlar uchun berilishini ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-iyun,
312-son