Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.03.1992 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumxalq bayrami Navro‘z munosabati bilan “Mustaqillik, tinchlik, mehr-shafqat” xayriya hasharini va telemarafonini o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy qadriyatlarning tiklanishida Navro‘z bayramining ahamiyatini e’tiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi, “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi, Yo‘ldosh Oxunboboyev nomidagi to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent shahar Oktabr nohiyasi “Yangi shahar” mahallasi jamoasi, Chortoq shahar tikuvchilik fabrikasi jamoalarining 1992-yil 14-mart kuni “Navro‘z” umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradio kompaniyasi jamoasi, “El” xalqaro uyushmasi, O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi, “Mehr-shafqat va salomatlik” jamg‘armasi, Respublika Nogironlar jamiyati, Qizil Yarim oy jamiyati jamoalarining 1992-yil 21-mart kuni “Mustaqillik, tinchlik va mehr-shafqat” xayriya telemarafonini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mehnat jamoalarining “Mustaqillik, tinchlik va mehr-shafqat” shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hashari va telemarafoniga rahbarlik qilish umumxalq bayrami Navro‘zga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish komissiyasiga yuklatilsin. Xayriya tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan respublika viloyatlari, shahar, qishloq, mahalla kengashlari, vazirliklar, birja va barcha turdagi korxona va tashkilotlar aniq reja asosida tashkiliy va amaliy tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xayriya hasharidan yig‘ilgan va ishlab topilgan mablag‘lar “Navro‘z” xayriya jamg‘armasiga topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat o‘tqazish, bog‘lar yaratish, qabristonlarni sarishtalash ishlariga alohida e’tibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Davlat banki telemarafon o‘tkazilayotgan paytda bir kecha-kunduz davomida mablag‘larni qabul qilib olish uchun navbatchilik ishlarini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda chet ellik ishbilarmonlardan, madaniyat xodimlaridan iborat barcha mehmonlarning umumxalq xayriya ishlarida, bayramida va telemarafonida ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Davlat teleradio kompaniyasi, Madaniyat vazirligi va Davlat matbuot qo‘mitasi umumxalq xayriya ishlari, Navro‘z tantanalarini va telemarafonining ma’naviy va tarbiyaviy, badiiy jihatdan yuksak saviyada o‘tishi uchun barcha ijodiy kuchlarni safarbar etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-son