OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING
Qarori
Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi qaror qiladi:
1. Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim hamda u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
3-son
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
KTB-443-13-son
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
06-17/2-4246-son
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
14-Q/K-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
119-son
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
58/QQ-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 3, KTB-443-13, 06-17/2-4246, 14-Q/K, 119 va 58/QQ-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yuridik taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda) muvofiq “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qiluvchi tashkilot — talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka) oʻtalayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, xoʻjalik boshqaruvi organi, tijorat tashkiloti, nodavlat notijorat tashkiloti, moliya-bank va boshqa muassasalarning yuridik xizmati;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
amaliyot — nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy koʻnikma va mahorat hosil qilish, taʼlim dasturining maʼlum (yakuniy) qismidagi mavzusi boʻyicha materiallar toʻplash uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining bir qismi;
talaba stajirovkasi (bundan buyon matnda stajirovka deb yuritiladi) — magistrlik dissertatsiyasining amaliy qismi materiallarini ishlab chiqish bilan birgalikda oʻqish davomida olingan amaliy va nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayonining bir qismi;
tanishtiruv amaliyoti — bakalavriatning II kurs talabalari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich maʼlumotlarni olish va nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi;
malakaviy amaliyot — bakalavriatning III va IV kurs va magistraturaning I kurs talabalari tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy koʻnikma va oʻquv hosil qilish, taʼlim dasturining maʼlum (yakuniy) qismidagi mavzusi boʻyicha materiallar toʻplash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi;
diplom oldi amaliyoti — taʼlimning yakunlovchi bosqichi hisoblanadigan va bakalavriatning IV kurs talabalari tomonidan nazariy va amaliy taʼlim dasturlari oʻzlashtirilgandan soʻng bitiruv malakaviy ishining mavzusi boʻyicha materiallar toʻplash maqsadida oʻtaladigan malakaviy amaliyot turi;
OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot (stajirovka) kiritilgan OTM oʻqituvchisi;
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari — talabalarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish va OTMdagi amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda egallangan bilimlarni baholash masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi;
amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturi — ishchi-oʻquv rejalarini hisobga olgan holda OTM tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash muddati va joyi amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturi va ishchi-oʻquv rejalari bilan nazariy tayyorgarlik hamda tanlangan bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligini inobatga olgan xolda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning ishchi-oʻquv rejasiga tegishli qoidalari, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv rejasiga nisbatan qoʻllaniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Amaliyot (stajirovka) uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari va stajirovka ishchi oʻquv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
Agar OTM tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, nazariy taʼlim bilan navbatlanish yoʻli orqali oʻtaladigan amaliyot (stajirovka)ga mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
4. Tanishtiruv amaliyoti qabul qiluvchi tashkilotlarning amaliy faoliyati haqida tasavvurga ega boʻlish hamda birlamchi kasbiy mahorat va koʻnikmalarni egallashni nazarda tutadi.
Tanishtiruv amaliyoti bakalavriatning 4-semestri yakunidan soʻng oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga— (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Malakaviy amaliyot oʻrganilayotgan fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni takomillashtirishga, talabalarning qonun hujjatlarining normalarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha mahoratlarini tekshirishga imkon beradi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Malakaviy amaliyot:
bakalavriat talabalari uchun 6-semestr yakunidan soʻng;
magistratura talabalari uchun 2-semestr yakunidan soʻng oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandningi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Amaliyotni oʻtash joyi tanlangan bakalavriat yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligini inobatga olgan holda amaliyotni oʻtash dasturi bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Diplom oldi amaliyoti bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda foydalanish maqsadida materiallar toʻplash uchun talabaning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, talaba tomonidan kasbiy faoliyatni egallashning uzluksiz va izchil jarayonini taʼminlashga qaratilgan.
Diplom oldi amaliyot bakalavriatning IV kurs talabalari uchun 7-semestr yakunlanganidan soʻng oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Amaliyot oʻtash joyi talaba tomonidan OTMdagi amaliyot rahbari bilan kelishilgan holda tanlangan bakalavriat yoʻnalishi va bitiruv malakaviy ishi mavzusiga asosan tanlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Stajirovka talabalar tomonidan taʼlim jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlashga va ushbu bilimlarni kasbiy yuridik faoliyatning koʻnikma va mahoratlariga aylantirishga, talabalarni aniq ish joyidagi amaliy ishga tayyorlash hamda magistrlik dissertatsiyasining amaliy qismi materiallarini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan.
Stajirovka magistratura talabalari uchun 3-semestr yakunlanganidan soʻng oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Amaliyot (stajirovka) oʻtash yakunlangach, talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi.
Amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot talaba tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbarlari amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotga talabaning ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtiruvchanligi va boshqa maʼlumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashning bosqichlari
12. Amaliyot (stajirovka) uch bosqichga boʻlinadi:
tayyorlov;
asosiy;
amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihon.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tayyorlov bosqichida ishchi-oʻquv rejasiga asosan amaliyot (stajirovka)ni oʻtashning birinchi kunida OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari tomonidan yigʻilish oʻtkaziladi. Yigʻilishda talabalar amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli koʻrsatmalar, ularni bajarish boʻyicha qoʻllanmalarni oladilar, amaliyot (stajirovka) oʻtash va amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi.
(13-bandning birinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashning boshida talabalar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga xosligi bilan tanishadilar hamda OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadilar.
(13-bandning ikkinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
14. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashning asosiy bosqichida talaba bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalida koʻrsatib oʻtilgan ishni bajaradi.
15. Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihon amaliyot (stajirovka)ning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka)ni oʻtash jarayonida qilingan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihon OTM vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan OTMda yozma ravishda oʻtkaziladi.
Qabul qiluvchi tashkilotning vakili amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonda OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda qatnashishi mumkin.
16. Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihon quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi:
nazariy va amaliy bilimlari darajasi;
talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtashda talabaga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
17. Talaba:
amaliyot (stajirovka) boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi va OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarida yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi;
amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi;
amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
(17-bandningi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Oldingi tahrirga qarang.
OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarining talabi bilan koʻrib chiqish uchun amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisidagi hisobotini taqdim qilishi;
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
keyingi oʻquv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar toʻplamini yuritishi;
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Amaliyot (stajirovka) tugaganidan keyin talaba amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonni oʻtkazish kunida OTMdagi amaliyot (stajirovka) rahbariga amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Talaba amaliyot (stajirovka)ni oʻtagandan soʻng OTMda amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihon topshirishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
IV bob. Amaliyot (stajirovka)ni tashkillashtirishning shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
20. Amaliyot (stajirovka)ni tashkil etishga talablar amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturlari bilan belgilanadi. Amaliyot (stajirovka)ni barcha bosqichlarda tashkil etish talabalar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni taʼminlashga yoʻnaltirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻqituvchilarning amaliyot (stajirovka)dagi oʻquv yuklamasi ishchi-oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish uchun oldindan OTM rektori tomonidan amaliyotlar turi yoki stajirovka, muddati va uni oʻtash joyi, moddiy taʼminot, OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarlarini turar joy bilan taʼminlash, masʼul shaxslar va joʻnatilayotgan talabalarning, OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarlarining tarkibiy roʻyxati belgilangan buyruq qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. OTM rahbari amaliyot (stajirovka)ga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi, talabalarni oʻz vaqtida amaliyot (stajirovka) oʻtash joylariga taqsimlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Amaliyot (stajirovka)ni tayyorlash, taʼminlash va oʻtashni muvofiqlashtirishni OTMning amaliyotni tashkillashtiruvchi boʻlinmasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. OTMdagi amaliyot (stajirovka) rahbari:
amaliyot (stajirovka)ga ketayotgan talabalar bilan yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazadi;
talabalarning amaliyot (stajirovka) oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan aloqalar oʻrnatadi;
talabalarga amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;
amaliyot (stajirovka)ning butun davri uchun talabalarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;
amaliyot (stajirovka)ni oʻtash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etadi;
amaliyot (stajirovka) muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi, shu jumladan talabalarni amaliyot (stajirovka) oʻtash joylariga koʻrishga borish yoʻli bilan;
amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qaroriga — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) asosan chiqarilgan Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
OTMlar bilan amaliyot (stajirovka)ni oʻtash haqida shartnomalar tuzadi;
qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish toʻgʻrisida buyruqlar chiqaradi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot (stajirovka) oʻtash uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek ularning orasidan amaliyot (stajirovka) oʻtashni tashkil etish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzadi;
amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturiga muvofiq amaliyot (stajirovka) oʻtash uchun sharoitlar yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbari:
talabalarga texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq, yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻl-yoʻriq, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq oʻtkazadi;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari boʻyicha talabalarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
talabalarni amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
talabalar tomonidan amaliyot (stajirovka)ni oʻtash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi;
talabalarga ishlab chiqarish masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
talaba ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini taʼminlaydi;
talaba ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi,
Oldingi tahrirga qarang.
amaliyot (stajirovka) oʻtash toʻgʻrisida hisobotni tasdiqlaydi;
(27-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarini talaba tomonidan amaliyot (stajirovka) oʻtash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilishlari haqida xabardor qiladi;
OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbari bilan aloqani ushlab turadi.
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot (stajirovka) rahbariga talabaga amaliyot (stajirovka) oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish topshirigʻini berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Amaliyot (stajirovka) OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot (stajirovka) oʻtash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
OTM va qabul qiluvchi tashkilot amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyot (stajirovka)ni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Amaliyot (stajirovka) boshlanishi vaqtidan boshlab talabalarga qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari hamda qabul qiluvchi tashkilotda amalda boʻlgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Amaliyot (stajirovka) boʻyicha baho taʼlim boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va talabalar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Amaliyot (stajirovka) yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talabani akademik qarzdor sifatida tegishli oʻquv kursida qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Uzrli sabablarsiz amaliyot (stajirovka)ga kelmaslik oʻquv intizomini buzish sifatida talabani belgilangan tartibda OTM talabalari safidan chetlashtirilishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 17-noyabrdagi 10, 08/UM-310-17, 34-QK, 124 va 14-2017-sonli qarori — (ruyxat raqami 2548-1 22.11.2017) tahririda Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2548-1/0296-son)
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Moddiy taʼminot
Keyingi tahrirga qarang.
32. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash davrida talabalarda stipendiya olish huquqi saqlanib qolinadi.
33. OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarlarining OTM joylashgan joydan amaliyot (stajirovka)ni oʻtash joyigacha borish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, oʻrnatilgan tartibda OTMning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.