28.04.2000 yildagi PF-2598-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglevodorod xomashyosining qidirib topiladigan zaxira hajmlarini koʻpaytirish va respublika iqtisodiyotining neft-gaz tarmogʻiga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, Ustyurt va respublikaning neft va gazga boy boshqa istiqbolli mintaqalarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal olib borish, shu maqsadda bevosita xorijiy sarmoyalarni keng koʻlamda jalb etish Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmogʻini rivojlantirishda gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shu narsa belgilansinki, Ustyurt mintaqasida yangi ochilgan neft va gaz konlari mazkur konlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalarga konsessiya asosida 25 yilga qadar muddatga ishlatishga (ishlatish muddatini uzaytirish huquqi bilan) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Neft va gaz konlarini qidirish hamda razvedka qilish ishlarini olib borish uchun jalb etiladigan xorijiy kompaniyalarga quyidagilarni taʼminlaydigan eng koʻp qulaylik rejimi yaratib berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan hududda qidiruv va razvedka ishlarini oʻtkazib, keyinchalik mazkur hududda aniqlangan konlardan istalgan birini qoʻshma korxona barpo etish yoʻli bilan yoki konsessiya asosida ishlatishga boʻlgan tanho huquqni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur ishlarni oʻtkazishga shartnomada koʻrsatilgan hududlarda sanoat qimmatiga ega boʻlgan resurslar topilmagan hollarda qidiruv va razvedka ishlarini davom ettirish uchun yangi hudud berilishiga ustun huquqni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonaning taʼsis hujjatlarida yoki konsessiya shartnomasida koʻzda tutilgan qazib olingan uglevodorodlarning bir qismini, shuningdek ularni tolling asosida qayta ishlash mahsulotlarini mulkka egalik huquqi hamda monesiz olib chiqib ketish huquqini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat qimmatiga ega boʻlgan konlarni keyinchalik “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga ishlatish uchun topshiriladigan hollarda ana shu konlarni ochish chogʻida qidiruv va razvedka ishlariga amalda sarflangan xarajatlarni qoplash kafolatini.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar, shuningdek ular tomonidan jalb etiladigan xorijiy pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlari quyidagilarni toʻlashdan ozod qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-razvedka ishlarini oʻtkazish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi barcha turdagi soliqlar, ajratmalar va toʻlovlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qidirish, razvedka qilish va boshqa tegishli ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mashina-uskunalarni, moddiy-texnika resurslari va xizmatlarni import qilish chogʻida bojxona toʻlovlarini (bojxonada rasmiylashtiriladigan ishlar uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini olib borayotgan xorijiy kompaniyalarga materiallar yetkazib berish, ishlar va xizmatlarni bajarish bilan shugʻullanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining rezident korxonalari va tashkilotlari qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalar koʻrsatilgan hududlarda tanho huquq asosida olib boradigan qidiruv va razvedka ishlarining davom etish umumiy muddati 5 yildan oshishi mumkin emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish uchun qiziqish uygʻotuvchi maydonlar aniqlangan hollarda xorijiy kompaniyalarga yana 3 yilgacha muddat bilan ana shu maydonlar doirasida ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalar yer qaʼridan moʻljallangan aniq maqsadga muvofiq foydalanishni, geologik jihatdan oʻrganish toʻla-toʻkis boʻlishini, yer qaʼridan oqilona kompleks foydalanish hamda uning muhofaza etilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlarini amalga oshirgan xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil etiladigan neft va gaz qazib chiqaruvchi qoʻshma korxonalar quyidagilardan ozod qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft yoki gaz qazib olinishidan boshlab yetti yil muddatga foyda soligʻi toʻlashdan. Ushbu muddat tugagandan soʻng mazkur qoʻshma korxonalarning foydasidan olinadigan soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk soligʻi va xorijiy qatnashchilarning qoʻshma korxonalardagi ulushi ishtirokidan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qidiruv va razvedka ishlariga sarflangan mablagʻlarni qoplash davrida neft va gaz qazib chiqarish hamda qayta ishlash borasidagi faoliyat natijasida olingan mahsulotni sotishdan tushgan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasiga ayrim hollarda quyidagilarga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida neft va gaz konlarini qidirish, razvedka qilish hamda qazib chiqarish bilan shugʻullanuvchi xorijiy kompaniyalarga qoʻshimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov va auksionlarni oʻtkazmagan holda vakil organ bilan strategik sarmoyador oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish asosida konsessiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida neft-gaz faoliyatini (neft va gazni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarishni) tartibga soluvchi vakil organ hamda neft-gaz tarmogʻida konsessiya munosabatini davlat yoʻli bilan boshqarish vazifalari yuklanib, Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan quyidagi huquq berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz faoliyatini yuritishga shartnomalar tuzish, ularning amalga oshirilishini hamda qonunchilik va shartnomalarda belgilangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uglevodorod konlarini qidirish va razvedka qilish, neft va gaz qazib chiqarish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga neft va gaz konlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni, shu jumladan ularning qayerda joylashgani, zaxiralari, qazib chiqarish hajmlari, ishlatilayotgan, kapital taʼmirlanayotgan va konservatsiya qilingan quduqlarning soni haqidagi axborotni maxfiylik toʻgʻrisidagi bitimlar asosida xalqaro konsultantlarga va xorijiy sarmoyadorlarga topshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2000—2005-yillarga moʻljallangan geologiya-razvedka ishlari dasturini koʻrib chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekistonning neft-gaz tarmogʻini rivojlantirish istiqbollari ommaviy axborot, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2598-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 123-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 23-son, 233-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 25-son, 282-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)