O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasining barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasining barqaror ishlashini ta’minlash, uni texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasiga 1995-yilda kombinat ixtiyorida qoladigan hamda ishlab chiqarish dasturidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotni kvotalarni tasdiqlamasdan va litsenziyalarni rasmiylashtirmasdan eksport qilishiga ruxsat berilsin.
2. “O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotni eksport qilishga kontraktlar va shartnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
3. Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlar bojxonada litsenziyasiz tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi “O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi buyurtmanomasi bo‘yicha mahsulotlarni yuklab jo‘natish uchun harakatdagi sostav o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari Y.F. Paygin zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 9-fevral,
43-son