26.04.1996 yildagi 232-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.02.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1990-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 1-2, 21-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232-I-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1996-yil 26-apreldagi qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi va muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari), shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yagona tizimni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlarni respublikaning barcha vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ijro etishlari shart. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ular bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida davlat nazorati va tarmoqlararo boshqaruvni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan oʻzaro kelishgan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli tabiatni muhofaza qilish organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish borasidagi faoliyatlarida ular bajarishlari lozim boʻlgan ishlarni oʻz zimmasiga olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining atrof tabiiy muhitini muhofaza etish va tabiiy resurslardan foydalanish ustidan nazorat qilish borasidagi faoliyatlarini, shuningdek boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi jamoat birlashmalari va aholi bilan hamkorlikda ish yuritadi, tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarida ularga uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarorlari uning oʻz nashrlarida chop etiladi, zarur hollarda esa ommaviy axborot vositalari orqali aholi eʼtiboriga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoqlararo kompleks boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning koʻproq iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, resurslarini tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qoʻllanilishini ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini xoʻjalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini oʻzaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan taʼminlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit obyektlarining ifloslanishini nazorat qilish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha turdagi tabiiy resurslarni xoʻjalik oborotiga jalb etish koʻlamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning taʼsirini tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taxminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir nizomlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilaydi va tabiatdan foydalanuvchilar eʼtiboriga yetkazadi; tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik (oqizganlik) hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun olingan haqning bir qismidan belgilangan tartibda foydalanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga koʻrsatadigan zararli taʼsirning (jismoniy taʼsirdan tashqari) hisobini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, konsepsiyalari, asosiy yoʻnalishlari va sxemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yoʻriqnoma-uslubiy hamda normativ-texnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan obyektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof muhit holatiga taʼsir koʻrsatuvchi yangi texnika, texnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli taʼsirlar, tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qoʻriqxonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, alohida muhofaza etiladigan yangi tabiiy hududlar tashkil etish xususida takliflar kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi (qayta qurilgan) obyektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish boʻyicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi xoʻjalik faoliyati uchun joy tanlash va yer ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qizil kitobi toʻgʻrisidagi Nizomni, uni yuritish boʻyicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini, bu komissiya toʻgʻrisidagi Nizomni (Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda oʻz korxonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik taʼlim saviyasini oshirishga koʻmaklashadi, bu sohada tanlovlar, koʻrgazmalar, boshqa tadbirlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tizimi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ifloslantiruvchi moddalarni atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish, sanoat, maishiy va boshqa xil chiqindilarni joylashtirish, suvdan maxsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini koʻmish uchun yer ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik xoʻjaligi yuritish, shuningdek qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan baliqlardan) va oʻsimlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa oʻsimliklari va manzarali oʻsimliklarni, texnikaviy xomashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan moʻmiyoni) yigʻish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik va baliqchilik xoʻjaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan oʻrmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan baliqlarni) va oʻsimlik dunyosini (shu jumladan oʻrmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlarini eshitadi, yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash toʻgʻrisida tegishli organlar oldiga masala qoʻyadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maxsus, budjetdan tashqari hisobvaragʻlarga oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlarini va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatish toʻgʻrisida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan xoʻjalik faoliyati yakunlari boʻyicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obyektlari yoki boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini toʻxtatib qoʻyadi, foydalanish natijasida tabiat obyektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni oʻz vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaxslarga jarima soladi hamda boshqa maʼmuriy choralar koʻradi, zarurat boʻlganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur axborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-texnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida idoraviy xoʻjalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa boʻlinmalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi oʻtkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-texnika ijodiyoti va axborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaxslardan oʻzlariga qarashli obyektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan taʼminlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlariga muntazam axborot berib turishlarini talab qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz boʻlinmalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus hisob varaqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qoʻmitaning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish boʻyicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmogʻini tashkil etadi, ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar toʻplamlari, axborot byulletenlari nashr etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi quyidagilar ustidan davlat nazoratini olib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekologiya tizimlari, tabiiy genofond, biologik muvozanatning, atmosfera havosini, yer usti va yer osti suvlarini, tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning, oʻsimlik dunyosi (shu jumladan oʻrmonlar) va biologik suv obyektlarining, yovvoyi hayvonlar yashash muhitining holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlashning (oqizishning) belgilangan limitlari va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori normativlariga hamda bunday ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashni (oqizishni) belgilangan normativlarga qadar kamaytirishga doir kelishilgan chora-tadbirlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi va qayta qurilgan korxonalar hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirishda ekologik normativlar, standartlar va talablarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib olish, portlatish ishlarini oʻtkazish, qazilma chiqindi xonalarini, terrikonlar, qoldiq jinslar uyumini va axlatxonalarni joylashtirish hamda ulardan foydalanish chogʻida atrof muhitni ifloslanishdan, bulgʻanishdan va qashshoqlashishdan muhofaza etish hamda tabiiy resurslardan kompleks foydalanish talablariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini, ularning oʻsishini tezlashtiruvchi moddalarni, mineral oʻgʻitlarni, boshqa kimyoviy moddalar va dorilarni tashish, saqlash va qoʻllash chogʻida atrof muhitni muhofaza qilish talablariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish normalari va qoidalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baliqchilik, baliq zaxiralarini muhofaza etish, ulardan foydalanish hamda ularni urchitish, baliqchilikni ragʻbatlantirish qoidalariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni muhofaza qilish subyektlarini, suv xoʻjaligi tizimlari, suv omborlari va boshqa gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalariga doir qismiga rioya etishi va uni bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) atrof muhitni muhofaza etish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish, ularni saqlash va qayta tiklash dasturlari va topshiriqlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) suv, hayvonot va oʻsimlik dunyosi davlat kadastrlarini yuritish;
(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli Qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tabiatdan foydalanuvchilar tabiiy resurslardan foydalanishning, tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar, sanoat chiqindilari va maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash va oqizishning hamda boshqa zararli taʼsirlarning (jismoniy taʼsirdan tashqari) dastlabki hisobini yuritishi, shuningdek Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir davlat statistika hisobotlari toʻgʻri boʻlishiga rioya etilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
(13-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) suv resurslaridan foydalanilishi, suvdan foydalanishning belgilangan normalari, qoidalari va tartibotiga rioya etilishi, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanish, bulgʻanish va qurib qolishdan muhofaza qilinishi, shuningdek suv obyektlarining qirgʻoq boʻylarida (zonalarida) suvni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yer uchastkalari qaysi maqsadlar uchun berilgan boʻlsa, shu maqsadlarga muvofiq foydalanishlari va tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) vaqtincha foydalanishga berilib, qurilish, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa taʼsirlar natijasida buzilgan yerlarni foydalanish uchun yaroqli holga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) oʻrmon resurslarining, qimmatli tabiiy landshaftlarning, shuningdek oʻrmon oʻsimliklarining suvni muhofaza qilish, suvni boshqarib turish, ekin maydonlarini himoya qilish va boshqa himoya vazifalari saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) qoʻriqxona ishlarini yuritish, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tartibotini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) davlat ovchilik (fondini muhofaza etish, ov va ovchilik xoʻjaligi yuritish qoidalariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasiga doir boshqa masalalarning hal etilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis tayinlaydigan va vazifasidan ozod qiladigan Rais boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek qoʻmitaga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishi uchun shaxsan javobgar boʻladi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilishi va shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash va vazifasidan ozod qilish uchun rozilik beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻmitalarining raislari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari mutasaddi boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahrining tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining oʻrinbosarlaridan biri ayni vaqtda Bosh davlat ekologik ekspertizasining boshligʻidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida qoʻmita Raisi (hayʼat raisi), Rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi, shuningdek markaziy apparatning ayrim boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga koʻra hayʼat tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimiga muvofiq Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat majlislari, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻziga qarashli organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar chiqaradi, oʻz qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida muvofiqlashtirish kengashi, ilmiy-texnika kengashi, jamoatchilik kengashi va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashlar toʻgʻrisidagi nizomlar va ularning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimining mansabdor shaxslari respublika hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, boshqa obyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirishga haqlidirlar. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaxslar oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularni xonalar, telefon aloqasi, transport bilan va obyektni koʻzdan kechirish (tekshirish) vaqtida, zaruratga qarab maxsus kiyim bilan taʼminlashlari shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrdagi 322-II-sonli Qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 154-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimi xodimlari (yordamchi ishlardagi xodimlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadigan yagona namunadagi kiyim va farqlovchi belgilar bilan taʼminlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga tabel qurolini saqlash va olib yurishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va unga qarashli organlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining soni Oliy Majlis Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi yuridik shaxs boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhriga egadir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 70-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 154-modda; 2007-y., 50-51-son, 512-modda; 2009-y., 50-51-son, 530-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda, 41-son, 449-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda)