O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslarni qurolli kuchlar, chegara va ichki qo‘shinlar saflaridan zaxiraga bo‘shatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” va “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qo‘shinlari saflaridan zaxiraga bo‘shatilsin.
2. 1971 — 1980-yillarda tug‘ilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1998-yilning aprel-may oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-mart,
103-son