O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshoqli don ekinlarining xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
G‘alla ekuvchi xo‘jaliklarni boshoqli ekinlar doni yetishtirishni ko‘paytirishga rag‘batlantirish maqsadida va moddiy-texnika resurslariga narxlarning oshganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yilgi hosilidan boshlab boshoqli ekinlar doni uchun o‘rtacha xarid narxlari quyidagi miqdorlarda belgilansin:
bug‘doy — 11000 so‘m./t;
javdar — 10450 so‘m./t;
arpa va suli — 8800 so‘m./t;
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘n kun muddatda boshoqli ekinlar doni uchun yangi xarid narxlari preyskurantini ishlab chiqsin va tegishli vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-maydagi 231-son qarori bilan tasdiqlangan boshoqli ekinlar doni xarid narxlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 13-may,
205-son