Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy konsorsium kompaniyalari “Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) ishtirokida “Navoiy IESda bugʻ-gazli qurilmani qurish” investitsion loyihasini amalga oshirishni tezlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 19-avgustdagi PQ-1176-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) xorijiy kompaniyalar konsorsiumi ishtirokida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bugʻ-gaz qurilmasi qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2009-yil 8-avgustdagi 3-BT-2009-son kontraktga muvofiq “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi “Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) xorijiy kompaniyalari konsorsiumiga “Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyatini toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha erkin muomaladagi valyutaga birja kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha 9,0 ming tonna sulfatga chidamli sement va 5,0 ming tonna portlandsementni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) xorijiy kompaniyalari konsorsiumi tomonidan “Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida koʻrsatib oʻtilgan hajmdagi sementni respublika bojxona hududidan olib chiqmasdan erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olish yuzasidan tuziladigan kontraktlar va ularga qoʻshimcha bitimlar eksport kontraktlari uchun belgilangan tartibda vakolatli bankda hisobga qoʻyilishi kerak;
sotib olingan sement “Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) xorijiy kompaniyalari konsorsiumi tomonidan faqat “Navoiy IESda bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida foydalaniladi va qayta sotilmaydi.
3. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi boʻyicha qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun “Qizilqumsement” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Initek energiya” (Ispaniya) va “Chalik enerdji” (Turkiya) xorijiy kompaniyalar konsorsiumiga sotiladigan sement hajmlari qonun hujjatlarida eksport qiluvchi korxonalar uchun nazarda tutilgan soliqlarni toʻlagan va valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotgan holda eksportga yetkazib berishga tenglashtirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-noyabr,
276-son