Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.12.2004 yildagi 600-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.12.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyini bino bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanida amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari dasturi doirasida Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyini boshqa joyga koʻchirish munosabati bilan muzeyning kelgusida faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Fanlar akademiyasining Toshkent shahri, A. Niyozov koʻchasi, 1-uyda joylashgan Fiziologiya va biofizika instituti binosini Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi balansiga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Toshkent shahri, A. Niyozov koʻchasi, 1-uyda joylashgan Fiziologiya va biofizika instituti binosini Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi balansiga bepul oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur binoni balansdan balansga oʻtkazish jarayonida ushbu binoning qiymati daromad (foyda) soligʻini va qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyini Fanlar akademiyasining Fiziologiya va biofizika instituti binosiga koʻchirish va ajratilgan binoni taʼmirlash ishlari amalda bajarilgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan qoplansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fiziologiya va biofizika institutini boshqa binoga koʻchirish va tegishli taʼmirlash ishlarini bajarish uchun mablagʻlar ajratishni 2004-yil uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlari doirasida hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-sentabrdagi 420-son qarori 1-ilovasidagi roʻyxatning 5-bandi (Fiziologiya va biofizika instituti) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
600-son