Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.10.2003 yildagi 441-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil hosili paxta xomashyosini saqlashni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, fermyerlar, pudratchilar va terimchilar tomonidan terilgan paxta xomashyosini qabul punktlariga oʻz vaqtida topshirmaslik, paxtaning moslashtirilmagan joylarda saqlanishi, paxta maydonlarining payhon qilinishi natijasida koʻplab hosilning yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini oʻgʻirlash va talon-taroj qilish hollarining tez-tez uchrayotganligi, uni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketishga urinishlar jiddiy zarar keltirmoqda. Yigʻib olingan paxta xomashyosi hosilining, keyinchalik uni respublika tashqarisiga olib chiqib ketish va sotish maqsadida xususiy uylarda va hovlilarda yashirish hollari ushbu qonun buzilishlarini keltirib chiqarayotgan sabablardan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat birgina holatda Sirdaryo tumanida yashovchi fuqarolardan birining xususiy uyidan 2,2 tonna paxta xomashyosi topilgan. Ana shunday hollar Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida, Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida va respublikaning boshqa mintaqalarida ham aniqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vujudga kelgan ahvol ayrim xoʻjalik rahbarlari tomonidan nazoratning boʻshashtirib yuborilganligi, ularning hosilni saqlash muammolaridan oʻzini chetga olayotganligi, viloyatlar va tumanlar hokimlari tomonidan ularga nisbatan talabchanlikning pastligi oqibatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini yigʻib-terib olish, tashish va saqlash vaqtida uning saqlanishini taʼminlash, paxtachilik xoʻjaliklari rahbarlarining masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax (U. Yamanqulov), Namangan (T. Jabborov), Sirdaryo (R. Haydarov), Toshkent (U. Mirzaqulov) va Fargʻona (A. Otaboyev) viloyatlari hokimlariga, qoʻshni davlatlarga chegaradosh tumanlar hokimlariga paxta xomashyosining oʻgʻirlanishi, talon-taroj qilinishi va respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning yetarli emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga paxta xomashyosi va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining payhon qilinishi ustidan zarur nazoratning mavjud emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari ularning paxta xomashyosining oʻgʻirlanishi, talon-taroj qilinishi va respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining oʻz vaqtida oldini olish boʻyicha ishlarning ahvoli uchun shaxsan javob berishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Terilgan paxta xomashyosining qabul punktlariga har kuni topshirilishi shart boʻlgan tartib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxtachilik xoʻjaliklari va qabul punktlari rahbarlari paxta xomashyosining toʻsiqsiz va uzluksiz topshirilishi va uning zarur darajada saqlanishi uchun shart-sharoitlarni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terilgan paxta xomashyosining ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan joylarda, shu jumladan xonadonlarda va tomorqa uchastkalarida saqlanishi taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Terilgan xomashyoning qabul punktlariga oʻz vaqtida topshirilmaganligi, paxta ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan, shu jumladan xonadonlarda va tomorqa uchastkalarida saqlanganligi uchun fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solinadi. Qonun buzilishi takrorlangan taqdirda fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solinadi. Jarima solish mazkur holatlar sodir etilgan joydagi ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy jazolash tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosini oʻgʻirlash va talon-taroj qilish, uni respublika tashqarisiga olib chiqib ketish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) terilgan paxtaning saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsin, profilaktika ishlarini faollashtirsin va qonunni buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda qattiq choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) paxta xomashyosining saqlanishini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, jamoat tuzilmalarini va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, paxtaning talon-taroj qilinishiga qarshi kurash boʻyicha, shu jumladan ushbu sohadagi huquqni qoʻllash amaliyotini yoritish yoʻli bilan oldini olish va profilaktika ishlarini faol amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” kompaniyasi (A. Koʻchimov) Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov), ommaviy axborot vositalari ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan ishlarning muntazam yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari I.H. Joʻrabekov va T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
441-son