Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2003-yil Jahon chempionatlarining gʻolib va sovrindorlarini valyuta bilan taqdirlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportchilarni taqdirlash toʻgʻrisida” 1992-yil 28-avgustdagi PF-465-son va 1994-yil 12-apreldagi PF-821-son farmonlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda koʻrsatgan xizmatlari va 2003-yilgi jahon chempionatida samarali ishtirok etganligi uchun quyidagi gʻolib va sovrindor sportchilar:
Oksana Chusovitina sport gimnastika boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Dilshod Mansurov erkin kurash boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Artur Taymazov erkin kurashi boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Sergey Lagutin velosport boʻyicha jahon chempionatida birinchi oʻrinni olganligi uchun 10000 AQSh dollari;
Abdullo Tangriyev dzyudo boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni olganligi uchun 3000 AQSh dollari;
Anton Ryaxov baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni olganligi uchun 3000 AQSh dollari miqdorida mukofotlansinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida nomlari koʻrsatilgan sportchilarni taqdirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasiga davlat budjetidan mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki taqdirlanadigan sportchilarga belgilangan tartibda valyuta ayirboshlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki belgilangan tartibda moliyalashtirishni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-fevral,
84-son