Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“VL-500 Kv Sirdaryo IES - Sugʻdiyona (PS) (II zanjir) qurilishi” loyihasini amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 22-iyundagi PQ-105-son “VL-500 Kv Sirdaryo IES — Sugʻdiyona PS (II zanjir) qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida hamda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot bankining kredit mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Islom taraqqiyot banki (ITB) tomonidan “VL-500 kV Sirdaryo IES — Soʻgʻdiyona PS qurilishi” obyekti boʻyicha oʻtkazilgan UZB-0014 xalqaro tender savdolarida “Doyche Kabel AJ Tashkent” QK OAJ gʻolib deb topilganligi;
tender shartlariga muvofiq “Oʻzelektrtarmoq” unitar korxonasi (“Oʻzbekenergo” DAK) bilan ITB tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq qiymati 377,17 ming yevroga teng 311,2 tonna poʻlat arqon yetkazib berish yuzasidan 2007-yil 19-iyuldagi UZ.DKG.07.TL.3 -son shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Doyche Kabel AJ Tashkent” QK qoʻshma korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatiga “Oʻzelektrtarmoq” unitar korxonasiga yuklab joʻnatilgan mahsulot uchun ITBning xorijiy hisob raqamlaridan yevroda haq toʻlashni nazarda tutuvchi shartnoma boʻyicha qiymati 377,17 ming yevroga teng 311,2 tonna poʻlat arqonlar yetkazib berishga ruxsat etilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
228-son