O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ITTIFOQ IDORALARINING 1991-YILDA VALYUTA RESURSLARIDAN FOYDALANIShNING ALOHIDA TARTIBINI BELGILOVChI HUJJATLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA AMAL QILIShINI TO‘XTATIB QO‘YISh HAQIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi VI sessiyasining qaroriga va “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, shuningdek tashqi bozorda respublikaning manfaatlarini himoya qilishni yanada mustahkamlash maqsadida:
Respublikada ishlab chiqariladigan va umumdavlat ahamiyatiga molik mollar yuzasidan ruxsatnoma berish va ularga soliq miqdorini belgilash masalalarini Ittifoq idoralari ixtiyoriga o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi SSSR Prezidentining “1991-yilda valyuta resurslaridan foydalanishning alohida tartibi haqida”gi 1990-yil 2-noyabr Farmoni 3, 4 va 6-moddalari hamda 7-moddasining ikkinchi qismi qoidalari;
“1991-yilda valyuta fondlarini tuzish to‘g‘risida” SSSR Vazirlar Kengashining 1990-yil 8-dekabrdagi 1253-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari. Shuningdek SSSR Davlat banki va boshqa Ittifoq idoralarining Ushbu qarorning 10-bandiga muvofiq qabul qilgan hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilishi to‘xtatib qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (o‘rtoq B.S.Hamidov) bir hafta muddat ichida respublikada valyuta fondlarini tuzish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlasin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 6-sentabr,
PF-242-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 12-son, 279-modda)