18.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2526
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 18.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2526
Kuchga kirish sanasi
25.11.2013
Hujjat 25.11.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2526]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, 9-son, 497-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-son

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 95-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) (bundan keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 9-son, 497-modda) muvofiq soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur standart bilan tartibga solinmagan munosabatlar qonun hujjatlari, shuningdek taraflar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur standart quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik (bir yoʻla) xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilarining jinoiy ishni koʻrib chiqish vaqtida ishtirok etishiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga soliq maslahati boʻyicha xizmatlar shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xizmatlar koʻrsatishda soliq maslahatchilari tashkiloti mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab oʻz ixtiyoriga koʻra harakat qiladi, bundan mazkur standartga yoxud tuzilgan shartnomaga muvofiq harakatlarni mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan kelishish talab etiladigan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish uchun soliq maslahati boʻyicha xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish uchun soliq maslahati boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvi materiallari, ularni koʻrib chiqish tartibi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi qarorining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat qilish uchun huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning (ishonch bildiruvchining) nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni yigʻish;

davlat soliq xizmati organining qarori ustidan yuqori davlat soliq xizmati organiga shikoyat tayyorlash va berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining qarori ustidan shikoyat koʻrib chiqilayotganda yuqori davlat soliq xizmati organlarida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur standartga muvofiq xizmatlar koʻrsatadigan soliq maslahatchilari tashkiloti mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqqa oid nizo boʻyicha barcha vaziyatlar va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarni tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizo boʻyicha oʻz nuqtai nazarini va koʻzda tutilayotgan xatti-harakatlarni mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizoni hal etish boʻyicha ishtirok etish uchun mijozning (ishonch bildiruvchining) vakolatli vakillarini, shuningdek mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan uchinchi shaxslarni jalb etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishda soliq maslahati boʻyicha xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Agar soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnomada sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan boʻlsa, davlat soliq xizmati organining qarori ustidan yuqori davlat soliq xizmati organiga berilgan shikoyat qanoatlantirmay qoldirilgan taqdirda, alohida shartnoma tuzish talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma, shuningdek standartning mazkur bobida belgilangan talablarga ham javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishda soliq maslahati boʻyicha xizmatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq tekshiruvi materiallari, ularni koʻrib chiqish tartibi, shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organi qarorining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat qilish uchun huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish va davlat soliq xizmati organining qarori ustidan sudga shikoyat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning (ishonch bildiruvchining) nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni yigʻish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organining qarori ustidan sudga daʼvo kiritish va sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar bir shartnomada soliqqa oid nizoni sudgacha hal etish vaqtida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga xizmatlar koʻrsatish nazarda tutilgan boʻlsa va yuqori davlat soliq xizmati organiga berilgan shikoyat qanoatlantirmay qoldirilgan taqdirda qoʻshimcha tahlil, huquqiy nuqtai nazarni ishlab chiqish va hujjatlar yigʻish talab etilmaydi. Biroq shartnomada oldin tayyorlangan hujjatlarga aniqliklar va qoʻshimchalar kiritilishi zarurligi nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq berilgan ishonchnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur standartga muvofiq xizmatlarni koʻrsatish uchun soliq maslahatchilari tashkiloti sudda isbot sifatida mijozning (ishonch bildiruvchining) roziligi bilan u taqdim etgan hujjatlardan, qonun hujjatlaridan, vakolatli organlarning tushuntirishlaridan va boshqa hujjatlardan foydalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliq maslahatchilari tashkiloti mijoz (ishonch bildiruvchi) bilan tuzilgan shartnomada va ishonchnomada belgilab berilgan barcha sud instansiyalarida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Soliq maslahatchilari tashkilotining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq maslahatchilari tashkiloti soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilishga xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida mijozga (ishonch bildiruvchiga) zarar yetkazganligi uchun javobgar boʻladi. Mijozga (ishonch bildiruvchiga) yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq maslahatchilari tashkiloti koʻrsatilgan xizmat oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydi, agarda bunday oqibatlar mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilinishi natijasida yuzaga kelgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 11-oktabr

Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 11-oktabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 11-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 620-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 05.02.2024-y., 10/24/2526-1/0096-son)