25.09.2013 yildagi 733-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qarori, 25.09.2013 yildagi 733-II-son
Kuchga kirish sanasi
25.09.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi davomida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish holati va istiqbolda bu ishning samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 25-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi davomida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish holati va istiqbolda bu ishning samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Oʻzbekistonda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha tizimli va keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini bajarish davomida joriy yil birinchi yarim yilligining oʻzida 554,4 mingta ish oʻrni yaratildi, ulardan 309,5 mingtasi yoki 55,8 foizi — yoshlar uchun, birinchi navbatda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari uchun tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish samaradorligini oshirish maqsadida 56 tadan ortiq vazirlik, idora va xoʻjalik boshqaruvi organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularni ishga joylashtirish boʻyicha masʼullar sifatida biriktirildi. Bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va keyinchalik ishga joylashishi uchun joriy yilda barcha kasb-hunar kollejlari 194 mingdan ortiq korxona va tashkilotga biriktirib qoʻyildi. Tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun 10 ming nafardan ziyod kollejlar bitiruvchilariga 50 mlrd soʻmdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirishni taʼminlashda foydalanilmagan zaxiralar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim mintaqalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mehnat bozorida talab qilinayotgan ixtisosliklarni aniqlash boʻyicha tegishli darajada ish olib borilmayapti. Masalan, bitiruvchilarni olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish darajasi ayrim viloyatlarda past boʻlib qolmoqda. Chunonchi, Surxondaryo viloyatida bu koʻrsatkich 24,3 foizni, Sirdaryo viloyatida — 28,4 foizni, Jizzax viloyatida — 34,2 foizni tashkil etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari tomonidan taqdim etilayotgan materiallar va hisobotlarda maʼlumotlarni noxolis ravishda aks ettirish, shuningdek kollejlarning bitiruvchilarini ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi uch tomonlama shartnomalarni rasmiyatchilik yuzasidan tuzish hollari mavjud. Kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchilarning tashabbusiga koʻra tugatish toʻgʻrisida mahalliy mehnat organlarini xabardor qilish mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi davomida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirish holati va istiqbolda bu ishning samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashtirishga toʻsqinlik qilayotgan sabablarni puxta tahlil qilish hamda 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi loyihasini ishlab chiqishda buni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini olgan ixtisosliklariga koʻra bandligini taʼminlash borasida qoloqlikka yoʻl qoʻyayotgan mintaqalarga koʻmak bergan holda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha keyingi yillar uchun qabul qilinadigan dasturlarda korxonalar va tashkilotlarning tegishli kollejlar bitiruvchilari soniga bogʻliq holda kiritiladigan manzilli roʻyxatlarini aniqlashtirib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash boʻyicha aniq mexanizmlar va miqdoriy koʻrsatkichlarni aks ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlarining ishga qabul qilingan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalarini tugatish toʻgʻrisida korxonalar (ish beruvchilar) tomonidan mahalliy mehnat organlarini xabardor qilish mexanizmini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi va keyinchalik ishga joylashishi samaradorligini taʼminlash maqsadida korxona, taʼlim muassasasi va oʻquvchi oʻrtasida tuziladigan namunaviy shartnomani ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining amalga oshirilishini kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashda qoloqlikka yoʻl qoʻygan mintaqalarga koʻmaklashgan holda har oyda monitoring va tahlil qilishni davom ettirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan taʼminlanmagan aholini, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularni kasbga qayta tayyorlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda tizimli asosda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazgan holda oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi hamda keyinchalik ishga joylashishi boʻyicha korxonalar va kollejlar oʻrtasida samarali hamda doimiy amal qiladigan aloqalarni tashkil etib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining olgan ixtisosliklariga koʻra ishga joylashishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi ushbu Qaror ijrosi ustidan nazoratni taʼminlasin hamda 2013-yil yakunlariga koʻra bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini xabardor qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
733-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 9 (1450)-son, 247-modda)