OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Farmoni
SURXONDARYo VILOYATI TARKIBIDA UZUN RAYONINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi rayosatining Surxondaryo viloyati tarkibida maʼmuriy markazi Uzun aholi punktida boʻlgan Uzun rayonini tashkil etish, uning tarkibiga Bobotogʻ, Jonchek, Lenin nomli, Telpakchinor, Uzun qishloqlarini hamda Sariosiyo rayonidagi “Xandiza” sovxozi yerlaridan foydalaniladigan chegaralardagi Sangardak qishlogʻi hududining bir qismini kiritish toʻgʻrisidagi iltimosi qondirilsin.
Sariosiyo rayonining maʼmuriy markazi Uzun aholi punktidan Sariosiyo shahar posyolkasiga koʻchirilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 29-mart,
PF-182-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 110-modda)