Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.02.1991 yildagi PF-143-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JUMHURIYATDA NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA O‘TKAZISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumhuriyatimizda insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o‘z-o‘ziga ishonch ruhi va milliy g‘ururni mustahkamlash, do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik. mehr-shafqatni ulug‘lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash maqsadida Navro‘z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dam olish kuni sifatida belgilangan 21-martda o‘tkaziladigan Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilsin. Bu bayramni o‘tkazishda 1990-yilda to‘plangan ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda to‘la foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinsin. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tadbirlarida jumhuriyatning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jumhuriyat tashkiliy qo‘mitasi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har bir tashkilot, vazirlikdan tortib, Sovetlaru — mahalla qo‘mitalarigacha hamma joyda bayramni o‘tkazish ishlariga javobgarlik aniq belgilab qo‘yilsin. Jumhuriyat hududidagi korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari, to‘y-hasham ashyolari bilan ta’minlasinlar hamda sarf-xarajatlarni o‘z zimmalariga olsinlar. Umumxalq xayriya harakatlarida faol ishtirok etsinlar. Fuqarolarning, jamoalarning Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazishdagi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xohishlariga, har bir joyning o‘z sharoitlariga qarab o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Navro‘z umumxalq bayrami an’analariga binoan, har bir fuqaroga izzat-ikrom ko‘rsatilsin. Qariyalar, bolalar, bemorlar, nogironlar holidan xabar olish, beva-bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko‘rsatishga alohida e’tibor berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston SSR Televideniyesi va radioeshittirish davlat qo‘mitasi bilan jamoat tashkilotlari, badiiy jamoalar o‘tkazadigan xayriya uzluksiz ko‘rsatuvi — telemarafon har tomonlama qo‘llab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Navro‘z bayramini o‘tkazish borasida qo‘shni jumhuriyatlar bilan do‘stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar yanada kuchaytirilsin. O‘zaro vakillar yuborish, mehmon qabul qilish tadbirlari ishlab chiqilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ommaviy axborot vositalari bayram o‘tkazish jarayonlarini keng yoritsinlar. Bu ishda jurnalistlarning mas’uliyati oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaysi yo‘nalishdagi axborot vositasida bo‘lishdan qat’i nazar, Navro‘z umumxalq bayramini yoritish — yagona g‘oya — insonni ulug‘lash, milliy g‘ururni ko‘tarish, hamjihatlik, birodarlik, mehr-shafqat, tinch-totuvlik maqsadlari va g‘oyalari bilan yo‘g‘rilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jumhuriyat tashkiliy qo‘mitasiga bayram tadbirlarida tashabbuskor bo‘lgan, faollik ko‘rsatgan, fidokorona mehnat va ijod qilgan kishilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish va taqdirlashga tavsiya etish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1991-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-143-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 96-modda)